So’nggi yangiliklar

15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  1 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  4 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  3 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  5 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  14 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  4 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  9 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  13 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  14

No'mon Hasanov: "Navbahor"da o'yinning o'zi yo'q. Tarkibga qarasangiz zo'r futbolchilar, lekin pas berishmayapti" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Navbahor"da o'yinning o'zi yo'q. Tarkibga qarasangiz zo'r futbolchilar, lekin pas berishmayapti"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yinni ko'rdinglar, nima desam bo'ladi AGMK va "Qo'qon-1912" bilan bahsni kuzatgan bo'lsanglar jamoamizda o'yinni o'zi yo'q. To'p oshirishlarda besh olti marotaba to'pga teginish ham qilganimiz yo'q. Yigitlarni ham to'g'ri tushunaman, kasal bo'lishdi, jarohatlar olishdi, har uch kunda o'yinda ishtirok etishmoqda. Lekin, qanaqadir vijdon ham bo'lishi kerak. Qarindosh-urug'lar, do'stlar telefon qilganida hadeb yutqazdik deyaverishmaydiku. Maydonda jonini berib to'p tepish kerak, futbolni bunaqa o'ynalmaydi. To'pni to'g'ri uzatib, hujumlar qilib degandek. Futbolchilarni bir-biriga hurmati yo'q.  SHu o'zimizni futbolchilarmi? Ularni bir-biriga munosabati shunday bo'lsa o'yin hech qachon chiqmaydi. Mashg'ulotlarda barchasini to'g'irlasa bo'ladi. Birinchi galda futbolchilar o'rtasidagi muomalani va hurmatni to'g'irlash lozim. Jamoa ahil bo'lsa barchasi o'xshaydi.

Kecha mashg'ulotlarda 10 kishi ishtirok etdi. Ularni besh nafari zaxira futbolchilari. Ayrim futbolchilarimiz kasal edi. SHifokorlarimizga rahmat, qisqa vaqt ichida ularni davolashga harakat qilishdi. Mashg'ulot o'tkazmagan futbolchi hech qachon yugura olmaydi. O'yinchilarni ham to'g'ri tushunaman, lekin to'p bilan tuzukroq muomala qilib, ochilib to'plarni uzatib o'yin qilsa bo'ladi. Qandaydir kuch ham yo'qdek ko'rindi. AGMKni o'yinini ko'ringlar qanday harakat qilishmoqda. Har uch kunda o'yin borligi sabab etarlicha mashg'ulot ham o'tkaza olmaysiz. Ikkinchi davraning birinchi o'yini bo'lmish "Paxtakor" bilan uchrashuvdan keyin 10 kunga yaqin tanaffus bo'ladi. SHu vaqtda nimadir qilsa bo'ladi. Tarkibga qarasangiz zo'r futbolchilar, lekin pas berishmayapti.

"Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik uchun vaqt kam. Faqat ruhiy jihatdan ko'rsatmalar berishimiz mumkin. Har uch kunda o'yin bo'layotgani sabab mashg'ulot ham etarlicha bo'lmayapti. 15 kunlik tanaffusda to'p bilan qanday ishlash borasida ko'rsatmalar berishimiz mumkin. Futbolchila umuman to'p bilan ishlamayapti. Ayrimlari terma jamoa azolari hisoblanadi. AGMK bilan o'yinda ham nimadir o'xshadi. Ammo, oxiriga kelib charchab qolishdi",- deydi No'mon Hasanov.


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика