So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

No'mon Hasanov: “Futbolchilar yaxshi maydonda yaxshi o'yin ko'rsatishadi” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Futbolchilar yaxshi maydonda yaxshi o'yin ko'rsatishadi”

Superliga 31-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov va klubimiz etakchilaridan biri Javohir Sidiqov qatnashishdi.

No'mon Hasanov: - Har bir murabbiy o'z maydonidagi oxirgi o'yinda g'alaba qozonishni xohlaydi. Bugun ham shunday maqsadda maydonga tushgandik. SHogirdlarimga ham buni tushuntirgandim. Ammo niyatimizga etolmadik. Javohir Sidiqov hamda O'tkir Yusupov milliy terma jamoamiz bilan Avstraliyadan uchib kelishdi. Uzoq parvoz, baribir charchoq alomatlari ham o'z tasirini o'tkazdi. Yigitlardan aniq paslar bilan o'ynashni talab qildim. Afsuski maydonimiz holati ham chiroyli o'yin ko'rsatishga pand berdi. Olmaliqda ko'rdilaring , yaxshi maydonda futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Keyingi o'yinimiz Farg'onada, bu o'yinga astoydil tayyorlanib, so'nggi turda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.



Javohir Sidiqov: - Bugun har ikki jamoaga ham g'alaba zarur edik. Biz g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdik. Murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarmaganimiz ham pand berdi. Oxirgi o'yinda mehmonda to'p sursak ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Muxlislarimizga bizni ajoyib tarzda qo'llab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика