Noma'lum Italiya klubi Tottiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 16:41
"Roma" hujumchisi Franchesko Totti nomi oshkor qilinmayotgan A Seriya klubidan bir yillik shartnoma uchun taklif oldi.

Totti va "Roma" o'rtasidagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq Rim klubi rahbariyati, forvard yozda faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilgan edi.

Totti "Roma"da klub direktori vazifasini egallashi taxmin qilinmoqda. Futbolchining o'zi mavsumdagi so'nggi bahsdan so'ng qaror qabul qilishini aytgan edi.

"Roma" 28 may kuni "Jenoa"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport