So’nggi yangiliklar

22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  8 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41

Nodir Eliboev: "So'nggi pallada mahoratimiz etishmagani sezilib qoldi" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "So'nggi pallada mahoratimiz etishmagani sezilib qoldi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi Argentina bilan ikkinchi bahsda ishtirok etdi va kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirib o'tdi.

"So'nggi pallada mahoratimiz etishmagani sezilib qoldi. Bugun kechagiga nisbatan yaxshiroq harakat qildik, deb o'ylayman. Bu bilan raqibni sust o'ynadi demoqchi emasman. Argentina ham bugun ko'proq ter to'kdi. Biz to'pni nazorat qilishga harakat qildik. Birinchi o'yindan keyin to'rt nafar o'yinchimiz jarohat olgan edi. SHunga qaramay qolgan futzalchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi. Deylik, Dilshod Rahmatov asosiy o'yinchimiz. Lekin, bugun uning o'rni bilingani yo'q. Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz. 

Bugun namoyish qilgan o'yinimiz ko'pchilikka yoqdi, deb o'ylayman. Rustam Umarovga o'rinbosar yo'q degan mavzuni yopamiz. O'zbekistonda yana darvozabonlar etishib chiqayotganiga amin bo'ldik.

Avvalgi yig'inlarda Afrika chempioni, mana bugun Jahon chempioni bilan o'ynadik. Sekin-asta rivojlanyapmiz. 

Argentina terma jamoasi bugun birinchi o'yinga qaraganda kuchliroq bo'lib tushishini bilardik. Abbos Elmurodov orqali o'ynashga, o'yin tempini buzishga harakat qildik. O'ylaymanki, ushbu qarorimizni muxlislar to'g'ri tushunishdi. 

Argentina bilan ikki bahs barchamiz uchun katta tajriba vazifasini o'tab berdi. SHu orqali kamchiliklarimizni aniqlab olamiz. Hujumni yakunlaydigan pallada nimadir etishmayapti. Jahon chempioniga qarshi munosib to'p tepishga intildik,- deydi Nodir Eliboev.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика