So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  3 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  19 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Ilk hissiyotlar va saralash bosqichi haqida Yangiliklar

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Ilk hissiyotlar va saralash bosqichi haqida

MTJ sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov bilan uchrashdi.

Srechko Katanec bilan suhbat davomida juda ko'plab mavzular – futboldagi taktika, murabbiyning hissiyotlari, sportdagi fenomenlar va o'z faoliyatidagi qiziqarli voqealar xususida 2 soatcha gaplashdik. Katanec OAV vakillari ko'z o'ngida jiddiy va kamgap insondek tuyuladi, ammo suhbatimiz juda qiziqarli va ochiq bo'ldi.

Endi biroz ortga va asosiy mavzuga qaytsak. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'l oldi. MTJ mundial yo'llanmasini 5 iyun kuni BAAga qarshi uchrashuvdan so'ng rasman qo'lga kiritdi, ammo bu yo'l aslida ancha oldin boshlangan edi. Srechko Katanec terma jamoani 2021 yil avgust oyida qabul qilib oldi va 2025 yil yanvar oyiga qadar boshqarib keldi. Uning sog'lig'i o'z ishini davom ettirishga yo'l qo'ymadi. Katanecning o'rnini Timur Kapadze egalladi va ushbu ikki murabbiyning say-harakatlari tufayli tarixiy natija qayd etildi.



Barchasi qanday boshlangan edi?

Abu-Dabidagi o'yinga qaytsak. Avstraliyalik hakamning final hushtagi yangraganidan so'ng media tribunada haqiqiy bayram boshlanib ketdi. Jurnalistlar xursandchiligi va hattoki quvonch ko'z yoshlari. O'yindan keyingi matbuot anjumanida ham nimalar ro'y berganini bilasiz. Stadionni tark etayotgan chog'imda, Katanecni tabriklash va undan bugungi o'yin haqida fikrini so'rashim kerakligi esimga tushib qoldi. Messenjer orqali uni tabrikladim va u o'z fikrlari bilan bo'lishdi. Shundan so'ng, biz g'alabani nishonlashda davom etdik va Katanecni unutib yubordim. Ikki kundan so'ng esa Toshkentga qaytgan va terma jamoaning "Jar"da o'tkazilgan mashg'ulotida O'FA Srechko Katanecni Qatarga qarshi o'yin uchun taklif etganidan xabar topdim. Shundan so'ng uni darhol intervyuga taklif qildim, ammo u javob bermadi. So'rovimga javob olmaganidan so'ng barchasi esimdan chiqib ketdi. Ikki kundan so'ng esa Telegram'dan shaxsiy xabar keldi. Ilovani ochib qarasam, Katanec xabar yozgan:


"Salom. Men Toshkentdaman. Agar xohlasang, biror joyda ko'rishib, qahva ichishimiz mumkin va gaplashib olamiz"

Shunday qilib qulay vaqt va lokaciyani kelishdik. Nihoyat, ko'rishdik.

- Salom. Qalaysan?

- Salom, janob Katanec. Sizni yana ko'rib turganimdan juda xursandman. Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan tabriklayman. O'zbekiston endi mundialda ishtirok etadi.

- Ha, mundialga chiqdik. Endi o'zingni qanday his etyapsan?

- Shunchaki dahshat. Hali hamon eyforiyadaman. Aslida nimalar sodir bo'lganini haliyam to'liq anglab eta olmayapman, nazarimda.

- Nega? (kuladi)

- Biz birinchi marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Barcha xursand. Hissiyotlar va barchasi ajoyib. Bir necha yillik orzu nihoyat amalga oshdi. 


Mundial yo'llanmasi qo'lga kiritilgani haqida:

- Xursandchilik yaxshi, ammo bunga ko'nikish kerak. Biz bu natija sari yaqinlashib kelayotgan edik va bu amalga oshdi. Men Sloveniya bilan Jahon chempionatiga chiqqanimda ham mamlakatda shunday xursandchilik bo'lgan edi. Hozir faqatgina jarayondan rohatlanish va ushbu onlarni yashab o'tish kerak.


Keyin esa Katanec "Men bugun jurnalist bo'laman", deya kuldi va menga savol bera boshladi.

- Nima deb o'ylaysan, saralashning so'nggi bosqichi qanday o'tdi? Raqiblar haqidagi fikring qiziq...

- Ochig'i, guruhimiz ancha yaxshi edi, nazarimda. Biz kuchli bo'lgan Yaponiya yoki Koreya bilan o'ynamadik. To'g'ri, Eron ham kuchli, biroq biz ularga qarshi so'nggi vaqtlarda yaxshi natija qayd etyapmiz. Qatar bilan tez-tez o'ynab turibmiz. Raqiblar masalasida omadimiz keldi deb hisoblayman.

- Ha, fikring to'g'ri. Biz Yaponiya yoki Avstraliya kabi mamlakatlar uzoq safar qilmadik. Faqatgina bir marotaba Laosga bordik xolos. Umuman olganda, hammasi yaxshi o'tdi.


Davomi ertaga soat 12:00da...



Reyting: +18   

Fikrlar

+11   
12 iyu 19:32:56
Sahoyat Reise
Мақола муаллифига:
- маза қилиб овқат еётганингда, қорнинг туймай овқат тугаб қолсин;
- контрактни охирги кун тулаётганингда, 1000 сум етмай қолсин;
- раққосага пул ёпиштираётганингда, "қора кунлар"га асраб қуйган 100$инг қушилиб кетсин;
- Узбекистон футболини телефондан кураётганингда, энг мухим вазиятда телефонингни зарядкаси тугаб қолсин.
- ва нихоят, олдингдан шер чиқса, охирги уқингга шер чап бериб қолсин :)
+10   
12 iyu 18:26:56
Zidan10
Чиқарсаларинг тўлиқ чиқаринглар кайф қилиб ўқиётганимда кимдир белимга кетмон билан ургандай бўлди )))
+8   
12 iyu 22:21:41
Integrity
Bu saytni yoqolib ketishiga ozgina vaqt qoldi. Oldin uff.uz degan saytda odam kop edi, traffik kopaytirish uchun muxlislarni ustidan kulganday xohlaganini qilardi senlarday. Odamlar noroziligi bir yomon urdi hozir hech kim eslamaydi. Sanlaram ozinga qara uzoqqa bormaysan bomasa.
+6   
12 iyu 18:42:04
JORJ BEST
Абдулвосит Бектемиров, Сиз ёки мақолани ярмини чиқаришни ким таклиф қилган бўлса ҳам савиясиз экансизлар! Ўрисларни мақтамоқчимасман бироқ, Sports.ru сайти ходимларидан профессионалликни ўргансангиз яхши бўларди, ҳар ҳолда Ўзбекистондаги энг катта футбол сайти шу, муҳлислар ўз фикрини ва дардини айнан Championat.asiaда ёзишади. Бу ишингиз эса фақатгина аҳмоқгарчилик!!!
+4   
12 iyu 23:58:09
Музаффар Махмудов
Ўзи аслида бу сайтдагилар савиясиз. Эндиииии, раз шу сайтни ўқияпмизми, демак биз ҳам ўшанақамиз. Тан олиш керак
+4   
12 iyu 19:41:25
=JAGUAR=
Bir yo'la ertaga to'liq chiqarsang o'lasanmi? Detskiy sad
+3   
12 iyu 23:33:25
Фарход
Шу ишларингиз койил колмадимда, битта интервьючаниям чузиб хижимлаб етказасизлар , бу нима мухлислар укувчилар устидан кулиш эмасми. Тик укимайман шу интервью ни
+3   
12 iyu 19:24:54
Камолиддин Каримов
Катанец сог саломатлик тилайман хаммаси учун Рахмат.
+3   
12 iyu 18:52:43
Shahboz4
Мен ч***б келай)
+2   
13 iyu 01:10:46
Уткир Рузиев
2-кисмида онангни амидан кандай тушганингни хам ёзиб у́т 3-кисмга колдирма
+2   
12 iyu 20:54:08
Bois Saidxanov
Интервью жуда саёз! Эртага давомини укимайман
+2   
12 iyu 19:42:56
=JAGUAR=
JORJ BEST foydalanuvchining fikriga javob berish
Абдулвосит Бектемиров, Сиз ёки мақолани ярмини чиқаришни ким таклиф қилган бўлса ҳам савиясиз экансизлар! Ўрисларни мақтамоқчимасман бироқ, Sports.ru сайти ходимларидан профессионалликни ўргансангиз яхши бўларди, ҳар ҳолда Ўзбекистондаги энг катта футбол сайти шу, муҳлислар ўз фикрини ва дардини айнан Championat.asiaда ёзишади. Бу ишингиз эса фақатгина аҳмоқгарчилик!!!
Сўксак булар мазза қилади ва бундан мотивация олади
+2   
12 iyu 18:58:55
UFA bu UFA
Xurmatli oʻquvchilar maqolani oʻqib boʻlib tezda xamma soʻkishlarni ishlatib qpymang qolganini keyingi songa olib qoʻying)))
+1   
13 iyu 06:36:23
Rahim Maksudov
Abdulbosit qara yoKatanets ustingdan kuldi san esa chunmading, yoki jurnalist sifatida 0 san. Oʻziniyam gapini qoraytirib chiqarasanmi kimga qiziq sani fikring?
+1   
12 iyu 22:50:11
Аваз Худойқулов
Манимча муаллиф "асалнинг ҳам ози ширин" қабилида иш тутган шекилли
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика