"Atletiko" 2025/26 yilgi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi
12 iyu 20:31
Yangiliklar


"Atletiko" 2025/26 yilgi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi
"Atletiko" kelasi mavsum uchun uy formasini taqdim etdi.
Klub uchun ananaviy ranglar to'plami Nike tomonidan ishlab chiqilgan.
"Futbolka tariximizdagi eng klassik naqshda ishlangan: beshta vertikal qizil chiziq to'rtta oq chiziq bilan almashgan, oq yoqa esa vintaj uslubida ishlangan bo'lib, bu unga o'ziga xoslik baxsh etgan. Emblemada sariq hoshiya ham mavjud bo'lib, bu uni umumiy fonda ko'proq ajratib turadi.
Ushbu to'plam to'q ko'k rangdagi shortik va getralar bilan to'ldirilgan bo'lib, ananalar va zamonaviylikni birlashtirgan zamonaviy va muvozanatli kontrastni yaratadi," - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar