Rasman: "Bunyodkor" rahbariyatida o'zgarish
12 iyu 22:16
Yangiliklar
"Bunyodkor" matbuot xizmati Islom Inomovning klub boshqaruvidagi lavozimidan ketganini malum qildi.
"2023 yilgi mavsumning ikkinchi qismidan etiboran sport direktori lavozimida ishlab kelgan Islom Inomov “Bunyodkor” futbol klubini tark etdi.
Klub va Islom Inomov o'zaro kelishuvga ko'ra amaldagi shartnomani bekor qildi. Biz Islom Nurmuhammadovichning “Bunyodkor” futbol klubi rivoji uchun amalga oshirgan xizmatlariga minnatdorchilik bildirgan holda keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.
Saytimizda bu xabar oldinroq yozib o'tilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar