Shotlandiya klubi Qozog'iston terma jamoasining ikki futbolchisini kuzatmoqda
01 sen 2025 12:01
Yangiliklar
Shotlandiya klubi Qozog'iston terma jamoasining ikki futbolchisini kuzatmoqda
"Xarts" skautlari qozog'istonlik vingerlarning Uels va Belgiyaga qarshi bo'lajak o'yinlaridagi harakatlarini tahlil qiladi, deb xabar berdi "AS News".
Islam Chesnokov (suratda) va Galimjan Kenjebek Shotlandiya klubining diqqat markazida. "Tobol"ning 25 yoshli etakchisi transferi deyarli hal bo'lgan va qishda o'tish kutilayotgan bo'lsa, "Elimay"ning 19 yoshli iqtidori nomzodi hali o'rganish bosqichida.
Edinburgdagilarning fikricha, kuchli terma jamoalar bilan o'yinlar ikkalasi uchun ham jiddiy sinovdir.
Ali Aliev shogirdlari 4 sentyabr kuni o'z uyida uelsliklarga qarshi maydonga tushsa, 7 sentyabr kuni mehmonda belgiyaliklarga qarshi bahs olib boradi. Har ikki o'yin JCH-2026 saralashi doirasida bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, "Xarts" 4 turdan so'ng Shotlandiya Premershipida 1-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar