So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  4 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Islom Ismoilov: "Jahon chempionati oldidan Angliya, Kanada, Marokashga qarshi o'ynash jamoaga kuch beradi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Jahon chempionati oldidan Angliya, Kanada, Marokashga qarshi o'ynash jamoaga kuch beradi"

Islom Ismoilov U17 jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirdi.

- Bu yig'inimiz 20 avgustdan boshlandi. Birinchi bosqich Farg'onada olib borildi. U erda "Cementchi" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. Yig'inning ikkinchi qismi Toshkentda davom ettirildi. Bu erda 30 avgustgacha bo'lamiz va yig'inning uchinchi qismini o'tkazish uchun Ispaniyaga jo'nab ketamiz. U erda kichik turnirda qatnashamiz.

- Ispaniyadagi raqiblarning saviyasi anchagina jiddiy. Ushbu raqiblar haqida to'xtalsangiz.

- Albatta, jahon chempionati oldidan Angliya, Kanada, Marokashga qarshi o'ynash jamoaga kuch beradi. Bunday raqiblarga qarshi o'yin orqali xatolarni ko'rib olish va jahon chempionatigacha bo'lgan davrda bu xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

- Yangi topshirilgan futbol markazi Sizlarga qanchalik qulay?

- Bu binolar terma jamoalarning yanada sifatliroq shug'ullanishi, yashashi uchun xizmat qiladi. Oldinlari biroz qiyinroq edi, mashg'ulot o'tkazish uchun kelib-ketishga ko'p vaqt ketardi. Hozir chiqamiz, maydon tayyor. Tiklanish uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Bu narsalar terma jamoa foydasiga ishlaydi.

- Kecha jahon yulduzlari Sizlar bilan ham uchrashdi. Ushbu uchrashuv haqida gapirib bersangiz.

- Bunday katta darajadagi yulduzlar bilan uchrashuv yosh futbolchilarga katta ishtiyoq beradi. Ular o'z tilaklarini bildirishdi. Bu gaplar futbolchilarimizni ruhlantiradi. Ular o'z yulduzlarini yaqindan ko'rishdi va kelajakda oldinga intilishlari uchun namuna bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика