Nima uchun FIFA reytingida ko'tarildik?
13 fev 2014 16:58
Yangiliklar

Nima uchun FIFA reytingida ko'tarildik?
FIFA reytingizda yuqoriga ko'tarilganimiz tufayli ko'plab o'quvchilarimiz buning sababi to'g'risida malumot berishimizni so'rashgan.
SHuni inobatga olib, FIFA reytingni yuritishda qanday hisoblash tizimidan foydalanishi haqida malumot berib o'tamiz.
Reyting ochkolarini hisoblashda ushbu yil va undan avvalgi 4 yilda qayd etilgan natijalarga etibor qaratadi. Bunda quyidagi jihatlar ahamiyatga ega:
- Uchrashuv natijasi
- Uchrashuvning muhimligi (o'rtoqlik yoki rasmiy o'yini)
- Raqibning kuchi (reytingdagi pog'onasi va qaysi konfederaciya vakili ekanligi)
Har bir uchrashuv uchun alohida ochko quyidagi formula ostida hisoblab chiqiladi:
Ochko = uchrashuv natijasi x uchrashuvning muhimligi x raqibning reytingdagi pog'onasi x qaysi konfederaciya vakili.
Alohida har bir band borasida ballar quyidagicha inobatga olinadi:
Natija uchun ball
G'alaba uchun 3, durang uchun 1 va mag'lubiyat uchun 0 ochko. G'olib penaltilar seriyasida aniqlansa, g'olibga 2, mag'lubga 1 ochko.
Uchrashuvning muhimligi
- O'rtoqlik o'yinlari: M=1
- JCH va qita chempionatlari saralash uchrashuvlari: M=2,5
- Qita chempionatlari final bosqichi va FIFA konfederaciyalar kubogi: M=3
- JCH final bosqichi: M=4
Raqibning kuchi
Reytingning eng yuqori qismida joylashgan jamoani yutish 200 ballga teng bo'ladi. Qolgan jamoalar shu reyting asosida bir balldan kamayib boradi. Lekin bu faqat 150-o'ringacha shunday tasir qiladi. Undan keyingi o'rinlardagi jamoalar kuchi 50 ball bilan baholanadi.
Konfederaciyalar koefficienti
FIFA ushbu koefficentlarni belgilagan:
Evropa/Janubiy Amerika - 1, SHimoliy va Markaziy Amerika - 0,88, Osiyo/Afrika - 0,86, Okeaniya - 0,85.
Ikki turli konfederaciya vakili to'qnash kelgan taqdirda koefficentlarning o'rtacha nisbati hisoblab chiqiladi.
FIFA har bir terma jamoaning oxirgi 12 oydagi uchrashuvlari uchun natijalarni hisoblab chiqadi. Hisoblash yuqoridagi formula asosida amalga oshiriladi. So'nggi 12 oyda kamida 5 uchrashuvda maydonga tushgan jamoaning natijalari to'liq inobatga olinadi, aks holda o'yin sonining 5ga nisbati asosida hisoblanadi (4 o'yinga 0,8; 3 o'yinga 0,6; 2, o'yinga 0,6; 1 o'yinga 0.2).
Oxirgi yillardagi natijalarning quyidagi nisbati olinadi:
Oxirgi 12 oy natijalari - 100%
2 yil oldingi uchrashuvlar - 50%;
3 yil oldingi uchrashuvar - 30%;
4 yil oldingi uchrashuvlar - 20%;
Qolgan natijalar esa hisoblashdan chiqarib tashlanadi.
FIFA reytingizda ko'tarilishga erishganimizning sababi aynan hisoblash tizimida. Bizning 8 pog'ona yuqoriga ko'tarilganimiz shu bilan bog'liq.
Behzod Nazarov.

Fikrlar