Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi
01 fev 2020 09:33
Yangiliklar
31 yoshli Nikolas Gaytan “Lill” klubi bilan mavsum so'ngiga qadar shartnoma imzoladi. U yangi klubida 20-raqam ostida to'p tepadi. Gaytanning so'nggi klubi “CHikago Fayr” bo'lgandi. Uning ushbu klub bilan shartnomasi 2019 yil dekabrida yakunlangan. MLS’da 27 ta o'yin o'tkazgan Gaytan 4 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar