So’nggi yangiliklar

00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   3 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  10 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  5 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  389 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  50 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  2 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  2

"Navbahor"ga nohaqlik qilindimi? "Paxtakor" futbolchisi chetlatilishi kerak edi. Superliganing 20-turini rossiyalik eskpert tahlil qildi Yangiliklar

"Navbahor"ga nohaqlik qilindimi? "Paxtakor" futbolchisi chetlatilishi kerak edi. Superliganing 20-turini rossiyalik eskpert tahlil qildi

Kuni kecha Superligada 20-tur o'yinlari yakuniga etdi.

«Shampionat.asia» sayti hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 20-turida bahsli holat bo'yicha qarorlarni tahlil qildi.


«Qizilqum» - «Metallurg»     VIDEO

Normal o'yin holati. Sariq kartochka – to'g'ri ko'rsatildi. Keyin sodir bo'lgan voqea futbolchini chetlatish uchun hech qanday asos yo'q. Undan keyingi voqea futbolchini chetlatish uchun sabab bo'la olmaydi. Bu jiddiy holat emasdi.


«Qizilqum» - «Metallurg»
 VIDEO

Men hakam tomonidan ko'rsatilgan sariq kartochka bo'yicha qaroriga qo'shilaman. Futbolchi agrresiv o'ynamagan holda, hujumga qo'shildi. To'g'ri, u xavfli o'ynadi, lekin oxirgi daqiqada oyog'ini olib qochishga urindi. Bu esa holatni biroz bo'lsada, yumshatadi.


«Qizilqum» - «Metallurg» VIDEO
 

Bu erda ko'rsatilishga loyiq maksimal kartochka – sariq. Yuzga zarba berilgani yo'q. Qo'l harakatining kichik diapozni bor. Futbolchi raqibning orqa tomonidan zarba berdi. To'g'rirog'i, u to'p uchun kurash natijasida yuzaga keldi. Menimcha, buni qoida buzmasdan ham amalga oshirsa bo'lardi. Baribir maydondagi hakam harakatni bizdan ko'ra, yaxshiroq ko'rgan.

«Qizilqum» - «Metallurg» VIDEO

Albatta, qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi. To'pni darvozabon ushlab olgandi, hujumchi esa buni atayin unga zarba berdi. Yaxshiyamki, hujumchining qoidani buzishi raqib darvozabonining boshiga kelib tushmadi. Aks holda, uzoq muddatli diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Agressiv xatti-harakat uchun qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi.




«So'g'diyona» - AGMK VIDEO

Oq libosdagi futbolchi birinchi bo'lib to'pga o'ynadi. Keyinchalik esa tasodifiy qoida buzilish yuzaga keldi, chunki raqib ham to'p uchun kurashgandi. To'p esa oq libosdagi futbolchida qoldi, shu sababli ham hakam o'yinni davom ettirdi. Jarima zarbasini oqlar foydasiga berish va ko'k libosdagi futbolchiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi.

«So'g'diyona» - AGMK VIDEO

Darvozabon to'pni o'z jarima maydonchasi tashqarisida o'ynashga urindi, lekin bunga ulgurmadi. Hujumchi birinchi bo'lib to'pga ega chiqqandi, keyinchalik darvozabon unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Darvozabon bunday holatlarda o'z harakatiga javobgardir. Penalti to'g'ri belgilandi.

«So'g'diyona» - AGMK VIDEO

Denisov ehtiyotsizlik tufayli qoida buzdi. To'p esa allaqachon oq rangli libosdagi futbolchining nazorati ostida edi. Himoyachi raqib orqasida turganda uning harakati uchun javobag hisoblanadi. To'p o'yinda bo'lgani uchun ham hakam penalti belgiladi. Bu to'g'ri qaror.




«Bunyodkor» - «Navbahor» VIDEO

Murabbiy qizil kartochkaga loyiq edi. U hakamlar chiqargan qarorlardan norozi bo'lib, maydonda chiqdi. Buni barcha murabbiylar bilishi kerakki, to'pni ataylab ushlab olib, uni o'yinga bermaslik holati ham qizil kartochkaga sabab bo'ladi.

«Bunyodkor» - «Navbahor» VIDEO

Men bu holatni tasodifiy kontakt deb hisoblayman. Oq libosdagi futbolchi qoidani buzmasdan, harakatlandi. Baxtsiz hodisa, lekin qoida buzilmadi.

«Bunyodkor» - «Navbahor» VIDEO

SHak-shubhasiz hakam to'g'ri qaror chiqardi. Bu erda penalti uchun birorta kriteriya to'g'ri kelmayapti: masalan, qo'l tabiiy holatda pastga tushib turibdi va to'pni to'xtatish uchun hech qanday harakat ham qilgani yo'q.

To'p tekkanidan keyin qo'l ortga ketib qoldi, yani, qo'l juda bo'sh va tabiiy turganidan to'pning zarbiga aks kuch bermadi. Bunday holatda to'p va qo'lning o'rtasidagi masofa katta rolni o'ynamaydi. CHunki qo'l tabiiy holatda.

«Bunyodkor» - «Navbahor»
VIDEO

Uchrashuv bosh hakamida penalti uchun sabablar bor edi: himoyachi chap oyog'i bilan raqib oyog'ini itarmoqda. Ha, teginish unchalik kuchli bo'lmagan bo'lishi va hujumchi "o'xshatib" yiqilgan bo'lishi mumkin, biroq extiyotsiz ishlatilgan fol bor edi. Uchrashuv bosh hakamining fikriga qo'shilaman.




«Dinamo» - «Olimpik» VIDEO

Oq libosdagi futbolchi oxirini o'ylamay qilgan harakati bilan raqibdan to'pni olib qo'yishga intildi. Himoyachining to'pni engil tegishi, agarda zarba ohista berilgan bo'lsa, bu jiddiy holat emas. Himoyachi o'z harakatlari oqibatlarini hisobga olishi kerak.

Menimcha, hakamlarning yakuniy qarori to'g'ri. Qoidabuzarlik aniq jarima maydonchasida bo'lgan. Himoyachi raqibning oyog'iga zarba berdi. Penalti va sariq kartochka to'g'ri ko'rsatildi.

«Paxtakor» - «Nasaf» VIDEO

Ko'k libosdagi (7-raqamdagi) futbolchi maydondan chetlatishga loyiq edi. CHunki uning harakatida qoida buzish holati kuzatildi. Yiqilib tushgan holatida, u to'pni olish o'rniga, raqibiga zarba berishga urindi. Agressiv xatti-harakatlar uchun qizil kartochka ko'rsatilish kerak.




«Lokomotiv» - «Neftchi» VIDEO

Hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Sariq libosdagi futbolchi tezlikda to'pni oldinga tashlab, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgandi. Himoyachi to'pga o'ynashga ulgurmadi va hujumchiga qarshi qoidani buzdi. Bu gol urish uchun qulay imkoniyatdan mahrum qilish degani.

«Qo'qon-1912» - «Surxon» VIDEO

Penalti. Qo'l yon tomonga surilgan, bu esa tabiiy bo'lmagan holda tana maydonini oshiradi. Sariq kartochka ko'rsatmasdan 11 metrli nuqta belgilanishi lozim.




SHu tariqa, mening fikrimcha 20-turdagi 15ta bahsli vaziyatda hakamlar atigi 3 marotaba xato qilishgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика