So’nggi yangiliklar

02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  4 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  134 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3

O'zbekistonda futbolning yangi qoidalari kuchga kiradi Yangiliklar

O'zbekistonda futbolning yangi qoidalari kuchga kiradi

2025 yilning 1 iyulidan boshlab futbol qoidalariga bir qator yangiliklar kiritildi.

Bu o'zgarishlar darvozabonning vaqtni cho'zish holatlari, to'pni erga tushirish (dropbol) va VAR (videotakror) aloqalari kabi o'yinning turli jihatlariga tasir qiladi. IFAB (Futbol associaciyalari xalqaro kengashi) tomonidan tasdiqlangan bu o'zgarishlar o'yin oqimini yaxshilash, aniqlik va oshkoralikni taminlashni maqsad qiladi.

Asosiy o'zgarishlar:

Darvozabonning to'pni ushlab turish vaqti:

- Darvozabonlar to'pni nazoratga olgandan so'ng 8 soniya ichida uni o'yinga kiritishlari shart.

- Agar darvozabon to'pni 8 soniyadan ko'proq ushlab tursa, raqib jamoaga burchak zarbasi (korner) beriladi.

- Haqqoniylikni taminlash uchun hakam 5 soniya qolganda darvozabonni ogohlantiradi va soniyalarni sanaydi.

To'pni erga tashlash (dropbol) holatlari:

- Agar o'yin to'xtagan paytda jamoa to'pga aniq egalik qilayotgan bo'lsa (jarima maydoni tashqarisida), o'yin qayta boshlanganda to'p o'sha jamoaga qayta beriladi.

VAR orqali qarorlarni elon qilish:

- Hakamlar endilikda VAR orqali qabul qilingan qarorlarni stadiondagi tomoshabinlarga tushuntirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Bu AQSHdagi kabi bo'ladi — hakam qarori ovozli ravishda tushuntiriladi.

Boshqa ahamiyatli o'zgarishlar:

Yordamchi hakamlar poziciyasi:

- Yordamchi hakamlar endi gol chizig'i emas, penalti nuqtasi bilan bir chiziqda turadilar, qaysiki ofsayd va gol chizig'i qarorlarini baholashda.

O'yin maydoni tashqarisidagi kontaktlar:

- Agar murabbiy, zaxira o'yinchi yoki maydondan chetlatilgan shaxs tasodifan to'pga tegsa, raqib jamoaga bilvosita jarima zarbasi beriladi. Bu holatda hech qanday sariq yoki qizil kartochka berilmaydi.

Faqat jamoa sardori bilan muloqot qoidasi:

- Ayrim musobaqalarda faqat jamoa sardori hakamga murojaat qilishi mumkin bo'lgan holatlar uchun alohida ko'rsatmalar joriy etiladi.

Penalti zarbasidagi ikki marta tegish qoidasi:

- Penalti zarbasida ikki marta to'pga tegish bilan bog'liq holatlarda yangi qarorlar joriy etiladi.

Tasir va joriy etilishi:

- Bu yangi qoidalar 2025 yil 1 iyuldan boshlab butun dunyo bo'ylab barcha futbol musobaqalari uchun majburiy bo'ladi.

- 2025 yilgi FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati ushbu yangiliklarni birinchi bo'lib qo'llaydigan katta musobaqalardan biri bo'ldi. Kuni kecha Rossiya chempionati ham shu qoidalar asosida boshlandi.

IFAB tashkiloti, shuningdek, boshqa ehtimoliy qoidalarni sinovdan o'tkazish va kelgusida rivojlantirish ustida ham ish olib bormoqda.

Qayd etilishicha, tez orada yangi qoidalar yuzasidan Superliga klublari uchun hakamlar tomonidan seminar tashkil etiladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика