So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  3 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  2 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Navbahor" bilan o'yin. AGMKdan ketish sababi va xarakteri". Elguja Grigalashvili bilan intervyu Yangiliklar

"Navbahor" bilan o'yin. AGMKdan ketish sababi va xarakteri". Elguja Grigalashvili bilan intervyu

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliganing navbatdagi turida Muborakda "Navbahor"ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlashdi. Joriy yilda o'z oldiga har yilgidanda yuqori maqsadlarni qo'ygan "Qizilqum" har bir turda raqiblariga jiddiy qarshilik ko'rsatishni uddasidan chiqmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tgan olti tur davomida 4ta durang va 1 bor g'alabaga erishgan Hamid Aktamov shogirdlari bitta o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi. Ularning zaxirasida AGMKga qarshi qoldirilgan bahs ham bor. Jamoa maqsadlarga yarasha yangi mavsum arafasida tarkibini ham kuchaytirishga erishdi. Sobiq futbolchtilar Elguja Grigalashvili va Mate Vatsadze qaytdi. Himoya qo'rg'oni Islom To'xtaxo'jaev bilan kuchaytirildi. Hujumni kuchaytirish uchun jalb qilingan Elgujadan muxlislar ko'p narsa kutishayotgani aniq. Biz esa "Navbahor" bilan uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.


- Dastlab "Navbahor" bilan o'yin haqida...

- Har bir jamoa maydonga g'alaba uchun tushadi. Mag'lubiyatni o'ylaymaydi. SHunday ekan biz ham "Navbahor"dan uch ochko tortib olishni niyat qilgandik. Lekin o'xshamadi. Durang natija yomon emas. Biroq har doim g'alaba ishtiyoqida o'ynashimiz kerak. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'lyapmiz. Foydalanishga kelganda omad bizdan yuz o'girmoqda. Himoyada oddiy xatolarga yo'l qo'yib gol qo'yib yuboryapmiz. 

- O'tgan mavsumlarda AGMK safida yorqin o'yinlaringiz bilan muxlislar mehrini qozongan edingiz. Biroq yil yakunida jamoadan ketishigiz kutilmagan holat sifatida qabul qilindi...

- Bu - futbol. Unda har doim ham siz istagan narsa ro'y beravermaydi. AGMKning muvaffaqiyatlariga  hissa qo'shganimdan xursandman. Jamoamga yordam berish men uchun muhim hisoblanadi. 

- AGMKni tark etishingiz nimaga bog'liq? Balki klub sizni keyingi rejalariga kiritmagandir...

- Bilmadim. Mendan bu borada hech kim so'ramadi va indashmadi ham. Nimani hal qilishdi va qanday rejalar tuzishdi menga qorong'u. SHu bois "Qizilqum"ga qaytishga qaror qildim. Hozir shu jamoaning futbolchisiman. Demak bor etiborim "Qizilqum"ga qaratilgan. 

- Siz medallar uchun kurashadigan jamoadan o'rtamiyona klubga keldingiz. Sizni yanada kuchliroq klubga yo'l olishingiz kutilgandi. "Qizilqum" bilan ham sovrinlarga ega chiqishingizga ishonasizmi?

- Futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Peshonamda "Qizilqum"ga qaytish yozilgan ekan shunday bo'ldi. Oldindagi o'yinlarda kerakli ochkolarni to'plasak turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilamiz. 

- Sizning o'yiningizdagi etiborimni tortgan jihat shuki, jamoa mag'lub bo'layotgan pallada, deylik finallarda hisobda ortda borayotgan paytda sizning harakatlaringizdagi tezlik pasayib ketadi. Ishtiyoqingiz tushib ketgandek ko'rinadi. Bu sizning xarakteringizmi?

- Bunday holat bo'lib turadi. Bunga oddiy qarayman. Ha doim ham o'yiningiz muvaffaqiyatli chiqavermaydi. 

- Yaqin yillarda O'zbekiston chempionatida to'p tepgan eng yaxshi uchta gruziyalik futbolchini ayta olasizmi?

- Men kimnidir alohida ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. O'zbekiston chempionatida o'ynagan barcha gruziyalik futbolchilar men uchun yaxshi. Ularning yomoni yo'q.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика