So’nggi yangiliklar

11:20Тареми Теҳронни тарк этди  0 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  0 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  5 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  22 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  0 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  5 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  8

"Nasaf"dagilar jarima bilan qutulmasligi kerak! Yangiliklar

"Nasaf"dagilar jarima bilan qutulmasligi kerak!

O'FA matbuot xizmati "Nasaf" futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo'llanganini elon qildi.

Biz esa 6 may kuni chop qilingan xabar atrofida mulohaza yuritishdan o'zimizni tiya olmadik.

Etika yoki tartib-intizom?

SHaxsan men uchun shu savolning javobi juda ham qiziq. Tashkilot matbuot xizmati tomonidan Toshkent vaqti bilan 22:02 chop qilingan xabarning sarlavhasi shunday: "O'FA Etika qo'mitasi qarori". A, uning mazmuniga etibor qaratsak, tartib-intizom qo'mitasining (etika emas) navbatdagi yig'ilishi o'tkazilgani haqida malumotga ega bo'lamiz.

Eslatib o'tmoqchimiz, bu ikkalasi bitta qo'mita emas, ular bir-biridan mustaqil tarzda faoliyat yuritadi. Ishonmasangiz, O'FA ustavining 62 hamda 63-moddalarini sinchiklab o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Qo'shimcha: shu o'rinda O'FA faoliyatida ro'y bergan ijobiy o'zgarishlardan birini aytib ketmasak bo'lmas: nihoyat, tashkilotning rasmiy sayti orqali uning ustavi va boshqa bir qator meyoriy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga egamiz. Bunga qadar shu kabi hujjatlar kerak bo'lganida ularni topish mutlaq imkonsiz edi. Nima ham deymiz, bardavom bo'lsin.

Pardaning orti

Endi diqqatimizni o'sha xabarning mazmuniga qaratamiz. Tushunishimiz bo'yicha qarshiliklarning bir vakili hakamlarni o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'rgan, ammo eplay olmagan. SHu tufayli "Nasaf"ga nisbatan Intizom kodeksiga ko'ra, 50 million so'm pul jarimasi qo'llanilgan. Takrorlaymiz, jarima o'sha "tashabbuskor"ga emas, faqat klubga nisbatan qo'llanildi. Bilishimizcha, klub — jonsiz ot va u hech kimga kelishuv taklif qilolmaydi. Yani, hakamlarga taklif bilan chiqqan shaxslar bir chekkada qolib, davlat mablag'lari evaziga moliyalashtiriladigan klubning o'zinigina jarimaga tortish mantiqiy, matematik, astronomik, hatto anatomik jihatdan ham noto'g'ri bo'lsa kerak. Axir, jarima aybdorlarning cho'ntagidan undirilmaydi-ku!

O'FAning qaysidir  qo'mitasi asoslangan normaga etibor qarating:

5.26. Hakamlar, inspektorlar, musobaqa ishtirokchilarini pora berib sotib olishga uringani yoki sotib olgani, shuningdek uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatish maqsadida ularga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita tasir o'tkazgani uchun:

• uchrashuv natijasini bekor qilish;

• texnik mag'lubiyat (uch ochkodan qo'shimcha mahrum qilish);

• pul jarimasi;

• musobaqa ishtirokchilari tarkibidan chetlatish. 

Etiborli jihati, bu faqat klublarga qo'llaniladigan jazolar to'plami. O'sha kodeksning 5.44. bandida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuv (kelishilgan o'yin) tashkil qilgan rasmiy shaxslar uchun ham jazolar keltirilgan:

• jarima;

• licenziya amal qilishini vaqtincha to'xtatish yoki umuman bekor qilish;

• mukofot va sport unvonlaridan mahrum qilish;

• futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turlaridan nomuayyan muddatga chetlatish.

Negadir O'FAning qaysidir qo'mitasi klubni jazoga tortgani holda mazkur bandni chetlab o'tgan. Xullas, "kaltak klubning boshida sindi", asl aybdorlar soyada qoldi.

O'FAning o'sha qaysidir qo'mitasiga

Biz tashkilotning kelishilgan o'yinlar masalasida oxirgi 5 oyda amalga oshirgan salmoqli harkatlarini inkor qila olmaymiz. O'zbek futboli tarixida ilk bor oshkoralik bo'yicha oldinga qadamlar tashlanmoqda. Lekin, muxlislar bu hali etarli emas deb hisoblaydi. Masalan, yuqoridagi holatga qayta to'xtalamiz. Agar "tashabbuskor"larning nomi ochiqlanib, ular futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turlaridan nomuayyan muddatga chetlatilsa, barchamiz o'rnimizdan turib davomli qarsaklar bilan kutib olardik. Modomiki, maqsadingiz futbolni imkon qadar tozalash ekan, ishni 1-navbatda parda ortida qoldirganingiz o'sha "tashabbuskorlar"dan boshlashingiz kerak. Ular futbol ichida qolaverar ekan, "tirraqi buzoqlar" haqidagi maqolni bot-bot eslab turishga majburmiz.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика