So’nggi yangiliklar

22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  9 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   0 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  161 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  1

"Nasaf" ham Bundesligadan o'rnak olmoqchi Yangiliklar

"Nasaf" ham Bundesligadan o'rnak olmoqchi

Superliganing 2020 yilgi mavsumi 4-tur uchrashuvlari 13-15 iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Butun jahonda koronavirus pandemiyasi sababli barcha futbol o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilmoqda. Jumladan O'zbekiston Superligasida ham uchrashuvlar tomoshabinlarsiz bo'lib o'tadi. Biroq siz jamoamizning barcha uy uchrashuvlarida stadiondagi muxlisiga aylanishingiz mumkin. Qanday qilib? Degan savol tug'ilishi tabiiy.

Bunga yorqin misol qilib Germaniya Bundesligasi va bir qator jahon futbol ligalarida pandemiya tufayli muxlislarsiz bo'layotgan uchrashuvlarda o'z jamoalarini ruhiy qo'llab quvvatlash uchun muxlislar o'z suratlarini muxlislar sektorlariga joylashtirib fotomuxlisga aylanishmoqda va jamoalarini yolg'izlatib qo'yishmayapti. Biz ham jamoamizni qo'llab quvvatlash maqsadida muxlislarimiz uchrashuvlarga tashrif buyura olmasalarda, o'z suratlari bilan fotomuxlisga aylanib jamoamizni qo'llab-quvvatlash va ularga ruhan dalda bo'lishlari mumkin. Qo'shimcha malumotlar uchun marketing bo'limi xodimi Sanjar Sayfiev yoki muxlislar bilan ishlovchi mutaxassis O'ktam Uzoqovlarga murojaat qilishingiz mumkin. Bu haqda "Nasaf" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

S.Sayfiev 91 224 74 74
O'.Uzoqov 91 462 21 99

Fotosuratlaringiz har bir uchrashuvda muntazam muxlislar sektoriga qo'yib boriladi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика