"Nasaf" ertaga "Spartak" bilan o'ynaydi. "Ajdarlar"ning to'rt legioneri nega Moskvaga uchmadi?
14 iyu 14:13
Yangiliklar
"Nasaf" ertaga "Spartak" bilan o'ynaydi. "Ajdarlar"ning to'rt legioneri nega Moskvaga uchmadi?
Biroz avval "ajdarlar" Rossiya poytaxtiga etib borishdi va Moskva shahridagi "Plaza Grand" mehmonxonasiga joylashishdi. "Nasaf" safida Rossiyaga faqat birgina legioner Marko Stanoevich yo'l oldi.
Braziliyalik Viktor Da Silva jarohat olgan va ayni paytda Italiyada davolanmoqda. Zoran Marushich ham jarohatini davolamoqda. Gruziyalik Temur CHogadze va Jambuli Jigauri esa siyosiy sabab tufayli Rossiyaga borishmadi.
Malumot uchun, yaqindagina "Qizilqum" Ekaterinburg shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi va Navoiy klubining gruziyalik legionerlari ushbu musobaqada ishtirok etishmagan edi.
Eslatib o'tamiz, "Spartak" - "Nasaf" uchrashuvi 15 iyul kuni Moskva shahridagi "Lukoyl Arena" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Fikrlar