Namanganda "Kelajagimiz umidlari" festivali yakunlandi
24 jan 2018 17:09
Yangiliklar


Namanganda "Kelajagimiz umidlari" festivali yakunlandi
Avval xabar berib o'tganimizdek, 20 yanvar kuni Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida O'zbekiston futbol federaciyasining "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali boshlangandi.
To'rt kun davomida viloyat tumanlari va shahridagi o'rta talim maktablarining 6-7, 8, 9 va 10 yoshli o'quvchilaridan tashkil topgan terma jamoalar festivalda ishtirok etishdi. Festival davomida bolalar maxsus mashqlarni bajarishib, o'zaro futbol o'yinlarida kuch sinashishdi.
Umumiy hisobda to'rt kun davomida 400 nafardan ortiq yosh futbolchilarga quvonch ulashildi. Har kun bo'lib o'tgan festival yakunida ishtirokchilar futbol to'plari va O'FFning qatnashchilar uchun maxsus tayyorlangan sertifikatlar topshirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar