Namanganda "Kelajagimiz umidlari" festivali yakunlandi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2018, 17:09
Avval xabar berib o'tganimizdek, 20 yanvar kuni Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida O'zbekiston futbol federatsiyasining "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali boshlangandi.

To'rt kun davomida viloyat tumanlari va shahridagi o'rta talim maktablarining 6-7, 8, 9 va 10 yoshli o'quvchilaridan tashkil topgan terma jamoalar festivalda ishtirok etishdi. Festival davomida bolalar maxsus mashqlarni bajarishib, o'zaro futbol o'yinlarida kuch sinashishdi. 

Umumiy hisobda to'rt kun davomida 400 nafardan ortiq yosh futbolchilarga quvonch ulashildi. Har kun bo'lib o'tgan festival yakunida ishtirokchilar futbol to'plari va O'FFning qatnashchilar uchun maxsus  tayyorlangan sertifikatlar topshirildi.
 







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати