MYUning ettitagina o'yinchisi "Brayton" bilan o'ynashga tayyor edi. Klubda virus avj olgan
16 dek 2021 23:45
Yangiliklar
MYUning ettitagina o'yinchisi "Brayton" bilan o'ynashga tayyor edi. Klubda virus avj olgan
Klub koronavirusdan jiddiy zarar ko'rmoqda.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi koronavirusdan eng ko'p aziyat chekayotgan klublardan biri bo'lib turibdi. Seshanba kuni "Brentford" bilan o'ynashga bor-yo'g'i to'qqiz nafar futbolchi tayyor edi. "Brayton" bilan o'yinga esa atigi etti nafar o'yinchi sog' ahvolda etib kelgan. Jamoaning ikki o'yini ham qoldirildi. Bu haqida ESPN nashri xabar bermoqda.
MYUning keyingi o'yini 27 dekabr kuni "Nyukasl"ga qarshi bo'ladi.
Fikrlar