MYU va "Liverpul" "Lids" vingeri uchun davogarlik qilmoqda
25 fev 2021 18:23
Yangiliklar


MYU va "Liverpul" "Lids" vingeri uchun davogarlik qilmoqda
"Lids" vingeri Rafinya Dias "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Ikki ingliz klubi ham hujum chizig'ini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda, shu sabab ular 24 yoshli braziliyalik futbolchiga etibor qaratishgan.
"Lids" agar 60 million funtdan kam bo'lmagan taklif kelib tushsa, o'yinchining sotuvini ko'rib chiqishga tayyor. Rafinya "Renn"dan o'tgan yozda 28 million evro evaziga xarid qilingandi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar