Fatining keyingi jamoasi deyarli aniq
17 iyu 08:50
Yangiliklar


Fatining keyingi jamoasi deyarli aniq
“Barselona“ futbolchisi Ansu Fati faoliyatini Franciya chempionatida davom ettiradi.
Vinger “Monako“ bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabricio Romano malum qildi. Franciya jamoasi 22 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oladi.
Fati o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U maydonda atigi 298 daqiqa harakat qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar