Xabi Alonso “Real“ futbolchilariga ultimatum qo'ydi
17 iyu 08:23
Yangiliklar


Xabi Alonso “Real“ futbolchilariga ultimatum qo'ydi
“Real“ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z o'yinchilariga uchrashuv vaqtida bor kuchini sarflamaganlar tarkibga kiritilmasligini malum qilgan.
Manbaga ko'ra, murabbiy o'z o'yinchilariga yugurmagan va bor kuchini sarflamaganlar maydonga tushmasligi haqida qattiq ogohlantirgan.
Alonso barcha o'n bir o'yinchi, hatto darvozabon Tibo Kurtua ham bor kuchi bilan maydonda harakat qilishi lozimligini aytgan. Murabbiyning takidlashicha, futbolda darvozaga zarba berish uchun shunchaki turish va kutish etarli emas. O'yinchilar har bir to'p uchun kurashishlari kerak.
Madridning “Real” klubi 18 iyun kuni klublar o'rtasidagi jahon chempionatida “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar