MYU 6 nafar futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor
08 iyu 2023 10:40
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag 6 nafar futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Mutaxassis ishonmaydigan futbolchilar ro'yxatidan Din Henderson, Erik Bayi, Aleks Telles, Donni van de Bek, Harri Maguayr va Vaut Vegxorst bor. Oxirgi o'yinchi "Manchester Yunayted"da ijara asosida o'ynadi.
Henderson, Telles va Bayi boshqa klublarda ijara asosida o'ynashdi. Van de Bek va Maguayr o'tgan mavsumni "Old Trafford"da o'tkazdilar.
Ten Hag avvalroq "Manchester Yunayted" tarkibini kuchaytirish zarurligi haqida gapirgan edi.
Fikrlar