So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  0 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  24 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  15 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  19 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

Mutolaa uchun. Iqtidorini to'liq namoyon qila olmagan Kassano Yangiliklar

Mutolaa uchun. Iqtidorini to'liq namoyon qila olmagan Kassano

Qaysidir jamoa yoki futbolchi dunyo bo'ylab millionlab insonlar mehrini qozonishining kamida minglab sabablari mavjud.

Kim uchundir bu dramatik lahzada bajarilgan harakat va so'nggi daqiqalarda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan boshlangan. Yana kimdir tasodifan u yoki bu derbini tomosha qilgan va u erdagi o'zgacha muhit uni o'ziga rom qilgan bo'ladi. Yana kimlardadir boshqa sabablar. 

Bazi romantiklarga sevimli jamoasi libosida o'zi o'yinlarini yoqtirib tomosha qiladigan futbolchining maydonga tushishi, klubning shonli tarixi, buguni va kelajagini o'zida aks ettiradi. Bu lahzalarni o'sha inson hech narsaga alishmaydi, aynan shuning uchun u futbolni yaxshi ko'radi. 

Yana kimlardir futbolchini nafaqat maydondagi harakatlari, balki uning tashqarisidagi hayot tarzi tufayli, undagi intrigaga boy voqealar uchun xush ko'radi. Misol uchun, Barining oltin bolasi — Antonio Kassano.

Bari-Vekkyaning qashshoq San-Nikola rayonida otasiz ulg'aygan Antonio va uning onasi o'zlarini himoya qilishga majbur edilar. Antonio yosh bo'lishiga qaramay, qatiyatli va bolaligidan hayotining asosiy maqsadini — o'zi tug'ilgan jamiyatning navbatdagi qurboni bo'lmaslik va Yaratgan bergan qobiliyatidan foydalanib, "quyosh ostidan" joy topish ekanligini aniqlab oldi.

Deyarli barcha nochor rayonlarda bo'lgani kabi Antonioni ham futbol o'ziga jalb qildi. Futbol — qashshoq maskanlarda ochlikdan o'lib qolmaslikning yagona yo'li edi: u yoshi katta mahalliy bolalarga qarshi o'ziga pul tikardi, topgan puliga esa non sotib olardi. Bir kuni mahalliy "Bari" klubi skauti yosh boalakayning iqtidorini sezib qoldi. Kassano 1999 yil 17 dekabrda A Seriya doirasida mahalliy derbi "Lechche"ga qarshi bahsda debyut qildi. Iqtidorli futbolchi butun yarim orolni larzaga solishiga ozgina vaqt qolgandi.

Texnik jihatdan iqtidorli va "Bari-Vekkyaning marvaridi" ikkinchi o'yindayoq gol urib, "San-Nikola" arenasiga yig'ilganlarni quvonchdan "portlatib yubordi". Bu har qanday futbolchining qo'lidan kelmaydi. Bahsning 89-daqiqasida Kassano darvozadan 40 metr uzoqlikda katta tezlik bilan to'pga ega bo'ldi va sekin-astalik o'ng oyog'i bilan to'pni nazorat qildi. Jarima maydoniga kirib borgan futbolchi ko'p yillik tajribaga ega Panuchchi va Blan orasidan to'pni olib o'tdi va osonlik bilan Anjelo Perucci darvozasini ishg'ol qildi - 2:1, "Inter" mag'lub bo'ldi.




2010 yilda "Dico Tutto" ("Sizga hammasi haqida aytib beraman") nomli avtobiografiyasida yozganidek, dekabr oyida bo'lib o'tgan ushbu bahs yosh futbolchining karerasida hal qiliuvchi rol o'ynagan ekan: "Agar o'sha "Inter"ga qarshi bahs bo'lmaganida, men futboldan ketgan va o'g'ri yoki undan ham yomonroq odam bo'lardim... O'sha uchrashuv va o'sha gol menga iqtidorimni ko'rsatib berdi va aynan shu narsa meni kelajagimdagi salbiy ishlardan saqlab qoldi".

"Fantantonio"ga bo'lgan muhabbat tez o'sdi. U kattalar futbolida o'zining noyob iqtidorini birinchi mavsumdanoq namoyon qila boshladi. Ammo shunda ham aniq bo'ldiki, agar u Roberto Bajoga etib olish va Italiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishni istasa, uning karerasiga salbiy tasir qilishi mumkin bo'lgan jizzaki xarakteri ustida ishlashi kerak edi.

"Xo'rozchalar" bilan o'tgan ikki mavsumdan keyin 19 yoshli Kassano mamlakatning amaldagi chempioni "Roma" (murabbiy — Fabio Kapello) bilan shartnoma imzolash uchun poytaxt tomon yo'l oldi. "Roma" bu transfer uchun 60 mlrd lir (taxminan 30 mln evro) to'ladi — bu o'sha payt o'smirlar o'rtasidagi eng qimmat transfer edi. Afsonaviy Franchesko Totti bilan bir jamoada to'p tepayotgan Kassano "jallorossi"ning eng yorqin futbolchilaridan biriga aylandi. Lekin Kapelloning eng katta muammosi Antonioning cheksiz imkoniyatlaridan qanday foydalanish emas, balki o'sha iqtidorni ko'rsatish uchun o'spirinning fel-atvori bilan qanday kurashish ekani qisqa vaqt ichida ayon bo'ldi.

Kassano o'zining birinchi mavsumida 5ta gol urdi, A Seriyada "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" mukofotiga sazovor bo'ldi. Biroq o'smir yigit Rimda ko'p marta omadsizliklarga duch keldi. 2002/03 yilgi Italiya Kubogi ikkinchi final o'yini. Kassano hakamni turtib, unga qarata noodatiy bir harakat qilib maydonni tark etganidan so'ng, Kapello bilan o'yinchi o'rtasida haqiqiy jang boshlanadi. 2006 yilning yanvar oyida "yomon bola" deb nom olib ulgurgan pleymeyker bor yo'g'i 5 mln evro evaziga "Real" bilan shartnoma imzolab, Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tadi.

"Los Blankos"da Raul, Zinedin Zidan va Devid Bekxem kabi afsonalar bilan birga chiroyli o'yin namoyish etish har qanday yosh futbolchiga haqiqiy motivaciya beradi. Lekin Kassano bilan unday bo'lmadi. Oxiri yo'q bazmlar, son-sanoqsiz "oshiqlar", dietaga rioya qilmaslik — Kassanoni "marvarid"dan "El Gordito"ga ("baqaloq") aylantirdi.




Marchello Lippi bunga ko'z yumib, jim ketolmadi va 2006 yilgi Jahon CHempionati uchun Kassanoni terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan chetlatishi haqidagi qaror juda to'g'ri bo'ldi. "Azzurri" Berlinning "Olimpiya" stadionida to'rtinchi titulni qo'lga kiritdi, Kassano esa uyida televizor orqali o'yinni tomosha qildi. Ehtimol, u o'sha payt qanday qilib o'z orzusini qo'ldan boy bergani haqida o'ylagandir...

Kapello faoliyatida ikkinchi bor 2006 yilning yozida yana Madridning "Real" klubi jamoasi ruliga o'tirdi. Bu bir narsadan dalolat berardi: Kassano istagan joyiga ketishi mumkin edi, u bilan murabbiy o'rtasidagi barcha eshiklar berk edi.

Kassano keyingi 4 yilni Genuyada o'tkazdi. Antonio formasini yaxshiladi va Liguriyaning muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. O'ziga xos uslub, ko'ra olish, to'pni nazorat qilish va to'purarlik iqtidori (A Seriyaning 22 o'yinida 9 gol va 6 uzatma) — bularning bari "Blucherkyati"ga 5-o'rinni egallash va UEFA Kubogiga chiqish imkoniyatini berdi.

Ammo bunday muvaffaqiyatli mavsum ham janjallardan holi bo'lmadi. Mart oyida Antonio "Torino"ga qarshi bahsda qizil kartochka oldi va jahl ustida futbolkasini chim ustiga otdi. Natijada 5 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 15 000 evro miqdorida jarimaga tortildi. SHunga qaramasdan, klub egasi Rikkardo Garrone uni "Real"dan atigi 3 mln evroga sotib oldi. Kassanoning janjallari ancha kamaydi va Anjelo Palombodan keyin u jamoaning vice-sardori etib tayinlandi. Bu narsa u futbolni hissiyotlaridan ustun qo'yishidan dalolat berardi.

Jampaolo Paccini "Fiorentina"dan kelganidan so'ng yanvarda ular genuyaliklarni CHempionlar Ligasiga olib chiqadigan rejalarni tuza boshlashdi. Garrone esa ularni 1990/91 yilgi mavsumda tarixida yagona Skudettoni qo'lga kiritishda yordam bergan Roberto Manchini va Janluka Vialli juftligiga o'xshataverardi. Hammasi ko'ngildagidek ketayotgan bir paytda, Kassanoning xarakteri yana eski holiga qaytib, jamoa xo'jayini tashkillashtirgan xayriya tushliklariga bormay qo'ydi. Bu esa oxir-oqibat Garrone bilan janjal va navbatdagi "ajralish" bilan yakunlandi — keyingi bekat "Milan". "Rossoneri" 2011 yilning yanvarida forvardni 3 million evroga oldi.

"Milan" bilan o'tgan ikki mavsum davomida Kassano maydonga juda kam tushdi. Skudetto uchun kurashda Zlatan Ibragimovich, Robino va Aleshandre Patu esa Maks Allegri tizimidagi asosiy forvardlar edi. 2011 yil oktyabrda "Milan"ning "Roma" ustidan qozonilgan g'alabasidan (3:2) bir qancha vaqt o'tib, Antonio samolet bortida o'zini birdaniga yomon his qildi. SHifokorlarning aniqlashicha, Kassanoda tug'ma yurak kasalligi bor ekan: o'ng va chap yurak qorinchasi orasidagi bo'linma to'liq yopilmagani tufayli yurak tizimining faoliyati normal holatda ishlamagan. Bir necha kun o'tib, uni operaciya qilishdi. O'limdan qo'rqish, shuningdek, sevgi so'zi, muxlislar va hamkasblarining qo'llab-quvvatlashi uni yana yashashga undadi. Qalbining tub-tubidan maydonga qaytishga intildi. Oradan 5 oy o'tib, u "Fiorentina"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Sog'lom, ajoyib formada va o'z maqsadi bor Barida tug'ilgan yigit kutilmaganda Evro-2012da ishtirok etish uchun CHezare Prandelli jamoasiga chaqirildi.

Evro paytida 29 yoshli futbolchi gazetalarning birinchi muqovasidan joy egalladi, ammo yana janjallar sababli: undan Italiya terma jamoasi tarkibida o'zgacha orientaciyadagi futbolchilar bormi deb so'rashganida: "Umid qilamanki, yo'q", deb javob beradi. Lekin jamiyatning malum qismi munosabati va huquqni himoya qiluvchilarning keskin etirozi oqibatida Kassano keyinroq OAV uning gaplarini noto'g'ri talqin qilganini aytib, quyidagicha fikr bildirgan: "Gaplarim ko'plab bahs-munozaraga sabab bo'lganidan afsusdaman. Hech kimni xafa qilish yoki boshqalarning tanlov erkinligini cheklash niyatim yo'q".

UEFA italiyalikni aytgan so'zlari uchun uni 15 ming evro miqdorida jarimaga tortdi. Lekin bu narsa Polsha va Ukrainaga qarshi bahslarda maydonga tushishiga to'sqinlik qilmadi. 10-raqamli futbolka kiygan Kassano turnirning barcha uchrashuvlarida munosib o'yin ko'rsatdi va Italiya finalga chiqishida katta yordam berdi. Bittagina gol urganiga qaramay (u ham guruh bosqichida irlandlarga qarshi o'yinda), eng yaxshi o'yini yarim final doirasida nemislar bilan bahsda bo'ldi. O'sha uchrashuvda SuperMario uchun birinchi golga zamin yaratib berdi.

Yozda Silvio Berluskoni asosiy aktivlarini sotishni boshladi: Ibra va Tyagu Silvaning ketidan Kassano ham o'ziga yangi jamoa izlashiga to'g'ri keldi. "Inter" Kassanoning o'rniga "rossoneri"ga Paccini va 5 mln evro taklif qildi. Natijada "FantAntonio" qo'shni jamoa safida to'p tepa boshladi. Asosan jamoa murabbiyi Andrea Stramachchoni bilan bo'lgan tinimsiz janjallar tufayli Kassanoning "neradzurri"dagi safari uzoqqa cho'zilmadi, atigi bir mavsum. O'sha ichki nizolar butun jamoaga salbiy tasir ko'rsatdi va natijada jamoa mavsumni 9-o'rinni egallagan holatda yakunladi.

Kassano iyulda "Parma"ga o'tdi va 2013/14 yilgi mavsumni yaxshi o'tkazdi: o'zini formada ushlab turishga va janjallashmaslikka harakat qildi. Albatta, buning ketidan ijobiy natijalar bo'ldi: shaxsiy (12 gol va 8 uzatma — bu uning "Sampa"dagi ikkinchi mavsumidan keyingi rekordi edi) va jamoaviy ("Krestonosclar" 6-o'rinni olib, Evropa Ligasiga chiqdi). Ammo ko'p o'tmay "Parma" moliyaviy inqirozga uchradi va futbolchi hamda klub o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi.

Faoliyatini tamomlashi mumkin bo'lgan yangi klubni izlab, 2015 yilda "Sampdoriya"ga qaytdi va ikki yillik shartnomaga qo'l qo'ydi. Biroq oradan bir yil o'tib, klub prezidenti Massimo Ferrero: "Kassano klubning bir bo'lagi emas", — deya xabar beradi. Antonio yarim yil davomida "Blucherkyati" yoshlar jamoasida shug'ullandi. Bu 2017 yil yanvarigacha, tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgunlariga qadar davom etdi. O'sha yilning iyulida "Ellas Verona" erkin agentga taklif bildirdi. Biroq futbolchi "Mastif"lar bilan bitim imzolaganidan 2 hafta o'tib, Kassano ikkinchi marta nafaqaga chiqishi haqida malum qildi. Keyinroq uning rafiqasi Karolina Marchialis ijtimoiy tarmoqlarda Antonio yangi klub izlayapti deb yozadi, lekin futbolchi buni rad etadi: "Karolina noto'g'ri aytdi. Obdon o'ylab ko'rib, bir qarorga keldim: Antonio Kassano boshqa futbol o'ynamaydi. Verona shahri, muxlislar va prezidentdan uzr so'rayman. 35 yoshli erkak uchun motivaciya zarur, biroq hozir menga ayolim va farzandlarim muhimroq".

Katta istedodga ega Kassano 17 yoshidan boshlab butun Appenin yarim orolining bezagiga aylangan. U o'z davrining eng yaxshi italyan futbolchilaridan biri bo'lish uchun barcha narsaga ega edi, iqtidoriga esa shubha yo'q. Uning notinch Eski Baridan Kalcho cho'qqisiga etib bora olgani Italiyadagi ko'plab bolakaylar uchun motivaciya vazifasini bajarmoqda. Ammo afsuski, Kassano maydon va uning tashqarisida ko'rsatganlari, qandaydir tushunarsiz tasir qiladi va butun faoliyatiga nisbatan bir savol ochiqligicha qolmoqda: "Nima bo'lardi agar...".


Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 dan Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi to'p tepadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика