So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  1 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  273 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

Mutolaa uchun. Futbolda statistikaning paydo bo'lishi: "Bolton"ning matematik modeli, “Liverpul"ning futbol ko'rmaydigan tahlilchisi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Futbolda statistikaning paydo bo'lishi: "Bolton"ning matematik modeli, “Liverpul"ning futbol ko'rmaydigan tahlilchisi

Statistikaning paydo bo'lish tarixi va uning futboldagi o'rni.

Boshlanishiga ikkita qisqa sahnani keltiramiz.

Hozirgi kunda. "Manchester Siti" o'yinlari paytida, yuqori qavatda va jurnalistlardan uzoqroqdagi o'rindiqda  klubning bir xodimi o'tiradi. Uning stolida noutbuk, quloqlarida quloqchini bor. Bu klubning bosh tahlilchisi -  Pep bilan "Bavariya"dan buyon birga ishlayotgan Karles Planshardir. Butun birirnchi bo'lim davomida uning monitorida goh qandaydir raqamlar, goh video paydo bo'ladi. O'yinning 40-daqiqasida u o'yin suratini chizadi va to'plangan malumotlarni qisqa kliplar bilan mustahkamlaydi. Planshar shunday odamki, Gvardiola tanaffus paytida uning oldiga shoshadi. Ular echinish xonasida plazmali ekran oldida turgan holda bir muncha vaqt suhbatlashadilar va o'yinchilar tin olib bo'lgach, Pep bir-ikki marta qarsak chalib, qanday o'ynashda davom etish kerakligini ularga tushuntiradi. Tushuntirishlarning ko'pi Plansharning tezkor tahlili va uning noutbukidagi malumotlarga asoslanadi.

"Ushbu texnologiyalar murabbiylarning ishini osonlashtiradi", - deb takidlaydi Gvardiola.

"Ilgari bizda oddiy taktik planshet bor edi, ammo hozir bo'sh nuqtalarni onlayn rejimda videolar orqali namoyish etishimiz mumkin. Plansharga o'xshash shaxslar dunyodagi har qanday jiddiy klublarda mavjud".

O'tgan asrning 30-yillari. Britaniyadagi stadionlarda vaqti-vaqti bilan miltillovchi chiroq kiygan odam paydo bo'ladi. U futbolni tomosha qila turib,  yon daftarchasiga qalam bilan bir nimalarni chizadi. Bu Qirollik havo kuchlari(aviaciya)da xizmat qiluvchi CHarlz Rip. O'shanda unga maosh to'lanmasdi, u futbol va matematikani yaxshi ko'rgani uchun Britaniya bo'ylab aylanib chiqqan. 1933 yilda Rip "Arsenal" sardori CHarlz Jonsnikida mehmon bo'ladi, Jons bu "tentak" insonni yozuvlariga jiddiy qiziqib qoladi. Rip ikki mingdan ortiq o'yinlarda qatnashgan bo'lib, yuzlab devor qog'ozi rulonlariga allanimalarni yozgan (ha, bazan statistikalarni devor qog'oziga chizgan) va oxir-oqibat o'z fikrlarini kitob qilib chiqargan.

Masalan, u nega "uzun paslar" Britaniya futbolining najoti ekanligini ilmiy jihatdan isbotlagan. Uning hisob-kitoblariga ko'ra, 91% hollarda, jamoalar ketma-ket uchtadan ko'p paslarni amalga oshira olmaydi, shuning uchun to'p bilan muomala qilish befoyda, uni imkon qadar tezroq oldinga uzatish kerak.


1995 yilgacha statistikaga jiddiy qarashmadi. Malumotlar (statistika) inqilobi Lidsda boshlandi

Garchi ingliz futboli Rip qo'llanmasiga binoan bir qancha vaqt yashagan bo'lsada, keyinchalik bu nazariya rad etildi.

CHarlz Ripning qaydlari shuni isbotlaydiki, futbolda har doim statistika mavjud bo'lgan — shunchaki yuz yil oldin bunga kam odam qiziqish bildirgan. Ammo har o'n yilda hamma narsa o'zgarib bordi. 70-yillarda Lenin nomidagi Davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti)da texnik va taktik harakatlarning mashhur uslubini ixtiro qilishdi.  To'g'ri, texnologiyaning birinchi talqini 30-yillar tahlilchilarining eslatmalaridan unchalik farq qilmadi va undanda soddaroq ishlab chiqildi. TTD - bu futbolchining barcha harakatlari yig'indisi (uzatma, to'pni qabul qilish va uni olib qo'yish va boshqalar). TTD g'oyasi Konstantin Beskov va Valeriy Lobanovskiyga juda yoqdi, murabbiylar uni rivojlantirib (masalan, uzatmani turlarga ajratishdi: oldinga, orqaga va yonga), baholash tizimini ishlab chiqdilar. Aytishlaricha, Kievning "Dinamo"sida bu g'oya qo'llanilgan.

Dunyoning aksariyat klublarida statistik malumotlar jiddiy qabul qilinmadi. Ularni yig'ish uchun mehnat qilish kerak bo'lardi va hech kim uning foydali tomonlarini ochib bermagan. O'sha paytda hech kim statistik malumotlar bazasini shakllantirmagan, hozir Maradonaning qanchalik aniq pas bergani, 1982 yilda MYU "Liverpul" darvozasiga qancha zarba bergani, Pol Gaskoyn 90 daqiqada qancha masofani bosib o'tgani kabi jihatlarni aniqlab bo'lmaydi. Ushbu malumot kimningdir daftariga yozilgan bo'lishi mumkin, lekin hech kimda umumiy tasvir yo'q.

"Futbol xakerlari: malumotlar inqilobining fan va sanati" kitobi muallifi Kristof Bermanning fikricha, bularning barchasi 1995 yili "Derbi" o'quv-mashg'ulot bazasida boshlangan. Klub ofisi Lidsda joylashgan ProZone kompaniyasi xizmatlariga azo bo'ldi. Futbolchilar har kuni ertalab soat 10:30 da 22 ta massaj stullariga o'tirishadi (hozirgi savdo markazlaridagi massaj kreslolari kabi) va Stiv Maklaren ularga videoyozuvlarni ko'rsatadi.

ProZone xo'jayini Rem Milvaganam murabbiylarga oddiy videodan ko'ra o'yinning matematik surati ko'proq zarurligini sezdi.

Statistikani to'plash uchun "Derbi" uy arenasiga o'nlab kameralar o'rnatildi - ular har bir o'yinchini kuzatib borishdi. Dastlab, hammasi juda yomon ishladi: kameralar futbolchilarni yo'qotishdi va muhim lahzalarni o'tkazib yuborishdi. Dasturni qayta ishlab chiqishga to'g'ri keldi.

"SHunga qaramay, bu baribir yangilik bo'ldi. Biz o'yinlarning statistik suratini yaratdik" - deydi Milvaganam Wired jurnaliga bergan intervyusida.

ProZone'ga statistika uchun birinchi mablag' faqat 1999 yilda, Maklaren "Manchester Yunayted"ga Aleks Fergyuson shtabiga kelib, xo'jayiniga texnologiya yutuqlari haqida gapirib berganidan keyin sodir bo'ldi. Keyingi 18 oy ichida ProZone'ga Premer-liganing oltita klubi azo bo'ldi. Sem Ellardays boshchiligidagi "Bolton" statistikani haqiqiy qurolga aylantirdi.


"Bolton" matematik modelni o'ylab topdi va murabbiy o'yinchilardan har bir uchrashuvda 600 tadan pas uzatishni so'radi

Agar siz o'sha davr translyaciyalarini tomosha qilgan bo'lsangiz, unda Ellardays zaxira o'rindig'ida quloqchin va raciya bilan o'tirganini eslang. U 1983 yilda yani futbolchilik davrida, bir mavsumga "Tampa-Bey Raudis" (sokker)ga borgan va o'sha erda bazi taassurotlarga ega bo'lgan, ayniqsa, Amerika futbolida ilg'or statistikadan foydalanishayotgani uni qiziqtirib qo'ygan. 

2001 yilda "Bolton" APLga qaytdi, ammo autsayder va quyi o'rinlarda yuruvchi klub edi. Ellardays matematik model ishlab chiqdi - u to'rtta tamoyildan iborat bo'lib, "fantastik to'rtlik" deb nomlandi.

1. APLda qolish uchun kamida 16 ta o'yinni "nol"ga tugatish kerak - demak, himoyaga etibor qaratiladi.

2. Agar birinchi bo'lib gol ursak, unda g'alaba ehtimoli 70%ga etadi. SHunday qilib, dastlabki golni urish uchun harakat qilish shart. 

3. Gollarning uchdan bir qismi standartlardan kiritiladi. SHunday qilib, yon chiziq va burchakdan uzatiladigan to'plarni raqib jarima maydonchasiga qanday qilib etkazib berilishini aniqlab olish zarur.

4. Sprintda soatiga 30 km/s yugursak, durang o'ynash ehtimoli 80%ni tashkil qiladi. Demak, tez yugurish lozim.

Ushbu to'rtta tamoyil "Bolton" uslubini shakllantirgan - o'ziga jalb qilmaydigan, biroq, juda samarali. Klub 2003 yildan 2007 yilgacha muntazam ravishda kuchli sakkizlikdan joy oldi va ikki marta UEFA kubogiga ega chiqdi.

Yuqoridagi bandlarning barchasi yuzaki ko'rinishi mumkin (ehtimol, haqiqatdan shunday), ammo statistika ko'plab murabbiylarning etiboriga tushdi. "The Mixer" kitobi muallifi Maykl Koksning kuzatuvlariga ko'ra, 10 yil ichida (2003 yildan 2013 yilgacha) Premer-ligadagi aniq paslarning o'rtacha ulushi 70%dan 81%ga o'sdi. Ko'pchilik "Barselona" uslubini ham oddiy hiyla bilan ko'chirishga harakat qildi - ular o'tkir paslar sonini ko'paytirdilar. Agar siz hali ham shubhalanayotgan bo'lsangiz, Rio Ferdinandning quyidagi fikrlari bilan tanishing:

"Devid Moyes taktika bo'yicha gapirayotib bizga shunday dedi: "Bugun biz 600ta pas uzatishimiz kerak. So'nggi o'yinda bor-yo'g'i 400ta uzatilibdi.

Bu kimni xavotirga soladi!? Men 10ta to'p oshirishdan ko'ra 5ta gol urishni afzal ko'raman".

Ushbu jumla o'sha davr futbolchilarining kayfiyatiga yaxshigina tasir ko'rsatadi — ko'pchilik statistikani keraksiz deb hisoblaydi va statistik jadvallarni masxara qiladi. SHunga o'xshash munosabat top-menejerlarda ham kuzatilgan. Bazilar uchun rivojlangan statistik malumotlar nafaqat foydasiz, balki zararli, chunki, bu o'yinlar va futbolchi haqida noto'g'ri tasavvur beradi, deb hisoblashadi. Sababi, tahliliy dasturlarning birinchi versiyalari haqiqatdan ham mukammal bo'lmaganligidadir.


"Borussiya"dagilar yangi futbolchilarni topish algoritmini masxara qildi, "Liverpul" esa futbol ko'rmaydigan skautni yolladi

"Borussiya" skauti Sven Mislintat 2012 yilda xo'jayinlarga o'yinchilarni baholash algoritmini taqdimot orqali ko'rsatdi. U 100 kvadratga bo'lingan maydonga asoslangan va har bir kvadrat o'z qiymatiga ega: 

  • Raqib jarima maydonchasi tomon oshirilgan uzatma o'z darvozasi oldidagi to'p oshirishdan ko'ra ancha yuqori qiymatga ega;
  • Darvozabon hududidagi kurashda qozonilgan g'alaba maydon markazidagi kurashda yutib chiqishdan ko'ra muhimroq;
  • Jarima maydonchasidan yo'llangan zarba uzoq masofadan tepilgan zarbadan ko'ra samaraliroq va hokazo.

Mislintat yuqori martabali odamlarni hayratda qoldirdi, ammo keyin hammasi barbod bo'ldi.

"Men sizga o'z algoritmim asosida yaratilgan Bundesliganing ramziy terma jamoasini ko'rsataman", - dedi skaut.

Skaut "Groyter Fyurt" o'yinchisi Lasse Sobexni himoya markaziga joylashtirdi. "Borussiya"da bu futbolchini juda yaxshi bilishardi - u mahalliy akademiyada o'sgan va hech qaysi jihati bilan esda qolmagan. Uni jamoadan qo'yib yuborishgan va bundan afsuslanishmasdi. Jamoa sport direktori Mixael Cork va bosh direktor Xans-Yoaxim Vatcke kulib, xonani tark etishdi.

Mislintat ishlab chiqqan ishi uchun pul olmadi, ammo baribir Matchmetrics startapini ishga tushirdi. Vaqt o'tishi bilan u algoritmni takomillashtirdi va 2017 yilga kelib unga "Arsenal"dan taklif tushdi.


Vaqt o'tishi bilan top-klublar murabbiylarning amaliy tajribalarini tizzalariga noutbuk qo'yib olgan ko'zoynakli yigitlarning nazariy bilimlari bilan birlashtirishni o'rgandilar. SHu tufayli "Liverpul"da ajoyib tandem hosil bo'ldi. Angliyaning eng kuchli klubi skauti - umuman futbol ko'rmaydigan fizik-nazariyotchi Ian Grem va Yurgen Klopp tandemi. Gremning Klopp bilan birinchi uchrashuvi juda kulgili kechgan.

Grem Klopp oldida o'tgan yilgi "Borussiya" va "Maync" o'rtasidagi o'yin haqida gapirib berdi va aytdiki, Dortmund jamoasi raqibni total mag'lub etgan, ammo ikkita tasodifiy xato tufayli yutqazgan.

"Ha! Xuddi shunday bo'ldi. Siz ularni qanday qiynaganimizni ko'rdingizmi o'zi? - Kloppning jahli chiqdi.

"Yo'q, men o'yinni ko'rmadim", - deb javob berdi Grem.

Ular tezda til topishib ketdi. Grem chuqur tahlil qiladigan va o'z modelini yarata olgan shaxs. Masalan, u har bir o'yinchining natijaga qo'shgan hissasini aniqlaydi. U  o'z formulalariga ko'ra, har kimning biron bir harakat oldidan gol urish imkoniyatini hisoblab chiqadi, kimning uzatmalari va harakatlari hujumni haqiqiy golga aylantirganini aniqlab beradi.  "Liverpul"ga Muhammad Salohni sotib olishni aynan Grem maslahat bergan, ko'plar boshida bundan shubhalanishdi: ha, misrlik "Roma"da yaxshi o'ynadi, lekin u "CHelsi" da muvaffaqiyatsizlikka uchragan-ku, deyishdi.

Gremning tahlili bo'yicha, Saloh Londonda o'tkazgan maydondagi 500 daqiqasida A Seriyada bo'lgani kabi yaxshi o'ynadi, unga shunchaki imkoniyat berishmadi.

Klopp "New-York Times" gazetasi vakili Bryus SHenfildga kuchli tahlilchi Grem boshchiligidagi xldimlar ishlaydigan binoni ko'rsatgan holda shunday deydi:

"Bizning asosiy bo'limimiz ana u erda, binoning orqa tomonida. Men o'sha yigitlar tufayli shu erdaman".

SHerzod Nurmatov tarjimasi. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика