So’nggi yangiliklar

14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  0 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  2 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  9 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  3 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  7 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  12 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  13 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  33 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13

"Murabbiy, siz mendan sardorlik bog'ichini olib qo'ydingiz va o'zimni zaxiraga o'tkazib qo'ydingiz, ammo baribir rahmat sizga!" Yangiliklar

"Murabbiy, siz mendan sardorlik bog'ichini olib qo'ydingiz va o'zimni zaxiraga o'tkazib qo'ydingiz, ammo baribir rahmat sizga!"

Kevin Strotman "Barselona"ni qabul qilib olgan Ronald Kumanga bor haqiqatni aytdi.

Erkaklarcha aytilgan tashakkur.

Ronald Kuman faoliyatida muhim burilish – endi u "Barselona" bosh murabbiyi. Bu yo'lda u Gollandiya termasidan voz kechishiga to'g'ri keldi – mamlakatning bosh jamoasini Kuman 2,5 yil boshqardi. Termaning deyarli barcha futbolchilari Ronaldga ijtimoiy tarmoqlar orqali omad tilashdi. Kevin Strotman ularga o'ziga xos tarzda qo'shildi.


"Murabbiy, siz mendan sardorlik bog'ichini olib qo'ydingiz va o'zimni zaxiraga o'tkazib qo'ydingiz, – yozadi Kevin o'z tvitterida. – Ammo siz tufayli futbolchilar ham, muxlislar ham yana milliy terma jamoa o'yinidan, natijalaridan faxrlanib gapira oladigan bo'ldilar. Barchaga ushbu jamoaning bir qismi bo'lish va birga ishlash yoqimli edi.

Siz golland futbolini uning qonuniy o'rniga qaytardingiz!

Strotman chindan Kumandan xafa bo'lishga sabablari etarli: Ronald jamoaga kelguniga qadar Kevin termaning eng muhim futbolchilaridan biri edi, sog' bo'lganda doim maydonga tushardi va sardorlik bog'ichi ishonib topshirilgandi (8 o'yin). Strotman bog'ichni faoliyatini yakunlagan (kuni-kecha maydonga qaytgan) Aren Robbendan hali Dik Advokat murabbiyligida qabul qilib olgandi.

Ko'p o'tmay, milliy terma jamoaga Kuman taklif qilindi. U darhol Strotmanni o'yindan chiqarmadi va inglizlarga qarshi bellashuvda imkon berdi, Kevin o'sha kuni 90 daqiqa harakat qildi. Keyinchalik Kuman jamoasi Strotmansiz yaxshiroq o'ynayotgani sezilib qoldi – yarim himoyachi 2,5 yilda bor yo'g'i 3 bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Va (etibor bering) ularning bittasigina rasmiy uchrashuvda.

Biroq Kuman tarkibga yosh futbolchilar (misol uchun van de Bek va de Yong)ni kirita boshladi, Depayni qayta kashf qildi (Memfis Evro-2020 saralashida 5 o'yinda 12 ta golda ishtirok etdi) va muhimi ijobiy natijalarni qaytardi. Milliy terma Kuman qo'l ostida 20 o'yinda atigi 4 bor mag'lubiyatga uchradi:

• 0:1 Angliyadan – JCH-2018 oldidan o'rtoqlik o'yini va Ronaldning ilk uchrashuvi;

• 1:2 Franciyadan – JCHdan keyingi Millatlar ligasining ilk uchrashuvi. Bundan keyin niderlandiyaliklar Franciya va Germaniya bor guruhda g'olib bo'lishdi;

• 2:3 Germaniyadan – Evro-2020 saralash bosqichi doirasidagi o'yinda 0:2 hisobida ortda borayotib, muvozanatni tiklagan gollandlar oxirgi daqiqada uchinchi to'pni o'tkazib yubordilar. Javob o'yinida munosib javob berildi - 4:2 hisobidagi g'alaba;

• 0:1 Portugaliyadan – Millatlar ligasi finalida.


Barcha mag'lubiyatlar top jamoalarga qarshi o'yinlarda qayd etilgan.

Kumanning terma bilan erishgan yutuqlari: O'sha eslaganimiz, Millatlar ligasi finali va Evro-2020 final bosqichiga ishonch bilan qo'lga kiritilgan yo'llanma – ikki bor katta turnirdan chetda qolib ketsangiz, bu ham katta yutuqdek qaralarkan.

Kuman sardorlik bog'ichini Virjil van Deykka topshirdi. Bazi o'yinlarda Uesli Sneyder, Deyli Blind va Jorjino Veynaldum jamoani sardor sifatida maydonga olib tushishdi.

Ulardan oxirgisini Kuman o'zi bilan "Barselona"ga olib bormoqchi. Veynaldumning "Liverpul" bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi, muzokaralar og'ir o'tmoqda va Jorjino terma jamoa murabbiyi ortidan yo'l olish ehtimoli yo'q emas. Ronaldning transferlar ro'yxatida shuningdek termaning boshqa bir vakili Donni van de Bek ham bor. 

Kim biladi, balki "Barsa"ni yangi golland revolyuciyasi kutayotgandir. Ammo Strotmanni bu ishga qo'shishmasa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика