So’nggi yangiliklar

08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  0 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  0 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  0 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  2 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  8 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  8 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  6 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1

Mundial yuzi. Neymar – Braziliya terma jamoasining oltin farzandi Yangiliklar

Mundial yuzi. Neymar – Braziliya terma jamoasining oltin farzandi

Jahon chempionatida chorak finalchilar aniqlanmoqda.
Nimchorak finalning ilk uchrashuvida Braziliya terma jamoasi chililiklarga qarshi maydonga chiqdi. Ana shu o'yinda Braziliyani chorak finalga olib chiqqan hal qiluvchi penaltini neymar aniq amalga oshirdi. “BIZNES Online” jurnalisti bizga zamonamizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri haqida so'zlab beradi.

Neymar Santos Junior zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchi oilada dunyoga keladi. U 6 yoshida “Santos” klubiga keladi. Neymarning futboldagi ilk qadamlari uning katta iqtidoridan xabar berib turar edi va uni “CHelsi”, “Milan”, “Barselona” va boshqa yirik klublar skautlari kuzatar edi. Futbolchi o'zining ilk professional shartnomasini 2008 yilda tuzadi va bu shartnoma 2014 yilgacha belgilangan edi. Uni ko'pgina grand klublar o'z jamoasiga taklif qiladi, ammo buyuk iqtidor sohibi o'z klubini tark etmaydi.



2010 yil jamoada yoqimsiz holat yuz beradi. Neymar “Goyyaniense”ga qarshi uchrashuvda penalti ishlab oladi va o'zi uni amalga oshirish uchun yo'l oladi, ammo  “Santos” bosh murabbiyi Dorival Junior unga penalti tepishni taqiqlagan edi. Penaltini Neymarning jamoadoshi Marsel amalga oshiradi. SHundan so'ng futbolchi jamoa murabbiyidan noroziligini bildiradi va maydonni tark etishga urinadi. Bu voqeadan keyin shunday mish-mishlar yuradi: bu hodisadan so'ng Neymar Santos” prezidenti bilan suhbatlashadi va bir qancha vaqtdan so'ng murabbiy jamoani tark etadi.

“Barselona”ga transferi noqonuniy bo'lgan

“Santos”ga juda ham bog'liqligiga qaramay, futbolchi klubni tark etishga qaror qiladi va “Barselona” bilan shartnoma imzolaydi. Bu transfer butun dunyoni hayratga soladi, Neymar esa dunyodagi eng qimmat futbolchilardan biriga aylanadi. U Barselonaga 90 million evroga evaziga keladi, ammo shartnomadan tashqari umumiy miqdor 190 million evro bo'ladi.



Neymar transferining katta qismi otasiga nasib etadi – 40 million evro. 2013 yil qishida Neymar transferi noqonuniy bo'lgan edi degan mish-mishlar paydo bo'ladi. Bu ishga Sandro Rosselning aloqasi bo'ladi, u futbolchi transferining bir qancha miqdorini o'zlashtirishda ayblanadi. Neymarning o'zi bu transfer qonun doirasida bo'lgan deb hisoblaydi.

Mening shartnomam bo'yicha ko'pgina noxushliklar yuz berayotganini bilaman. Men otam bilan bu haqda suhbatlashdim. Otam – shartnoma tuzgan va men ishonadigan yagona inson. Hech qanday noqonuniy ish bo'lmagan. Kimdadir shubha paydo bo'lgan bo'lsa, bu haqida otamga savol berishlari mumkin. Men futbolchiman.
 
Katta sarf-harajat

2012 yilda “Santos” bilan yiliga 7 million evrolik yangi shartnoma imzolagan futbolchi, pullarni har tarafga socha boshlaydi. O'zi tug'ilib o'sgan San-Pauluda Neymarning 6 million evrolik bir nechta shoxona uylari bor. U barcha erkaklar yoqtiradigan, ammo hammasi ham sotib ololmaydigan mashinalarga ega bo'ladi. Porshe, Audi, Ferrari, Lamborjini – mana shu markadagi mashinalar Neymarning avtoparkini bezab turadi. U “Santos” safida bo'lganida, mana shunday harajatlar qilgan. Uning eng katta harajati 8 million evrolik yaxtasi bo'lgan. U qancha ishlab topsa, shuncha sarf qilar edi.



“Barselona”ga o'tishi bilan, u katta sarf-harajatlarning yangi darajasiga chiqdi. Hozirda u oldingidan ko'ra ikki baravar ko'proq qimmatli buyumlar sotib olishi mumkin.
 
Ota

Neymarning “Barselona”ga o'tishi borasidagi mojarolar bo'layotgan bir paytda, “Santos”ning sobiq prezidenti Luis Alvaro de Oliveyra Ribeyro shartnoma haqida bir qiziq malumotni oshkor qiladi. Transfer shartnomasi kelishuvida futbolchi otasi uchun ham bir nechta bandlar bor edi. Bu kelishuvda foxishalar xizmati va Braziliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yiniga samolyot ham bor edi. Bu hammasi tirik onaning ko'z o'ngida bo'layotgan edi.

“Neymar uchun to'langan 90 million evrodan so'ng, uning otasi faqat pul haqida o'ylay boshladi. Uchrashuvlarimizda men 200 bor qahva uchun pul to'lagan bo'lsam kerak. Kelishuv shartlarida foxishalar xizmati va Braziliya terma jamoasi uchrashuviga samolyot bandi bor edi”.

Neymarni butun Braziliya duo qilmoqda
 
Pelening sevimli futbolchisi – hozir Braziliyaning asosiy yulduzi. U erda hozir barcha Neymar uchun duo qilmoqda. Braziliyaning “Placar” nashri, o'z jurnalining ustiga Neymarning huddi Iso kabi qo'llari mixlangan suratini chiqardi. SHu yo'l bilan futbolchi nomiga yog'ilayotgan tanqidlarni kamaytirishga urinishdi. Bahorda Braziliya policiyasi qadoq ustiga “Barselona” futbolkasidagi Neymar surati tushurilgan narkotiklar partiyasini qo'lga olishadi. SHu yo'l bilan braziliyalik qora dori sotuvchilari mahsulot sifatiga baho berishgan.

Futbolchining maykasi mundial oldidan eng ko'p sotilgan mahsulotga aylandi – har ikkinchi braziliyalik muxlis futbolkasi orqasida Neymarning ismi bor edi.

“Jahon chempionatida mayda jihat ham hal qiluvchi bo'lishi mumkin, shuning uchun biror-bir narsa noto'g'ri bo'lmasligi uchun, yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Men jamoaga yordam berishga tayyorman, faqat o'zimni o'ylamoqchi emasman. Biz hammamiz o'z vazifamizni bilamiz. Eng yaxshi futbolchi yoki to'purar bo'lmoqchi emasman. Men orzu qilayotgan yagona narsa bu – JCH-2014dagi g'alaba.

Simulyant

Neymar – nafaqat dunyoni hayron qoldiradigan iqtidorli futbolchi, shu bilan bir vaqtda dunyo futbolining asosiy simulyantlaridan biridir. Uning texnikasi va ustaligi bilan doimo simulyaciyalari birga yuradi. Hatto Pele ham uni haddan ortiq simulyaciyalari uchun bir necha marta tanqid qilgan. Balki shuning uchun ham futbol muxlislarining yarmi uni yoqtirmaydi va internetga uning ko'plab kulguli simulyaciyalari haqidagi videolarini yuklashadi. Neymarning o'zi esa bu ayblovlarni doimo rad etadi.

“Men simulyant emasman. Meni oyoqlarimga tepishganda, jarohat olmaslikka va raqibga ham zarar etkazmaslikka harakat qilaman. Har qanday holatda ham men bu gaplarga etibor bermayman.


Xorij sayti asosida Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика