So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Muhammad Isaev: "Legioner sifatida o'ynash istagim bor edi" Yangiliklar

Muhammad Isaev: "Legioner sifatida o'ynash istagim bor edi"

O'tgan mavsumni “Metallurg”da o'tkazgan yarim himoyachi Muhammad Isaev Tojikistonning “Istiqlol” klubi safiga borib qo'shildi.

SHundan so'ng futbolchining fikrlariga quloq tutdik.

"Metallurg"da zaxirada qolib ketayotgandim. Murabbiylar nimagadir menga ishonch bildirishmayotgandi. Men esa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa jamoada o'zimni sinab ko'rmoqchi edim. "Metallurg" bilan do'stona xayrlashdik. 

O'zbekiston Superligasining bir qator jamoalaridan taklif bo'ldi. Lekin shaxsan o'zim legioner sifatida o'ynash va kuchimni Osiyo CHempionlar Ligasida sinab ko'rishni istadim, chunki “Istiqlol”dan allaqachon taklif olgandim. O'ylab o'tirmasdan shu taklifni qabul qildim va jamoa safiga borib qo'shildim. 

Jamoada meni yaxshi kutib olishdi. Tojikistonning boshqa klublaridagi sharoitlarni bilmadim-ku, ammo kelib qo'shilgan jamoamda barchasi to'laqonli qoniqtirdi. Aslida “Istiqlol” o'tgan yili ham taklif bilan chiqqan edi, o'shanda "Metallurg"da qolishni istagandim. 

Osiyo CHempionlar Ligasida munosib ishtirok etishni istayapmiz. Deylik, guruhdan keyingi bosqichga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Guruhimizda "Al Hilol" bilan qiyin o'yinlar bo'ladi. Lekin biz barchasiga tayyormiz, o'tgan yili "Istiqlol" ushbu jamoani mag'lubiyatga uchratgandi. “Al Rayyan” bilan ham jiddiy o'yin kechadi. Negaki, ularda ham yaxshi futbolchilar bor”, – deya so'zini yakunladi Isaev.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика