So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  256 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Moziyga qaytib... Samoda sochilgan yulduzlar Yangiliklar

Moziyga qaytib... Samoda sochilgan yulduzlar

Teglar :  Moziyga qaytib
Moziyga qaytib loyihasining yangi soni.

(“O'zbekiston adabiyoti va sanati” gazetasining 1991 yil 6 dekabr sonidan olingan).


Futbol bo'yicha mamlakat chempionati hamda kubok o'yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar har yili ikki marta o'ziga xos imtihon topshiradilar. Bu imtihonlarning biri bahor oylarida o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulotlari davriga to'g'ri kelsa, ikkinchisi ko'pincha avgust oyida bo'lib o'tardi.

1979 yil 12 avgust kuni «Paxtakor» Markaziy o'yingohida o'shanday imtihon bo'lishi lozim edi. Odatda bunday paytlarda o'yingohga kelganimizda ko'pchilik hakamlarning yugurish bo'yicha mashq bajarishga kirishib ketganligining guvohi bo'lardik. Bu safar ulkan o'yingohimizning futbol maydoni bo'm-bo'sh edi. Hayron bo'lib turgandim, bu erga sobiq paxtakorchi, SSSR sport ustasi, jumhuriyat toifasidagi hakam SHokir Ismoilov kelib qoldi. Endi ikkovlashib hamkasb sheriklarimizni kuta boshladik. “Nahotki, imtihon topshirish boshqa kunga yoki boshqa o'yingohga ko'chirilgan bo'lsa” deb o'yladik. Bugun dam olish kuni ekanligini bilsak ham O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasining futbol bo'limiga telefon qilmoqchi bo'ldik. Lekin negadir federaniyadagi ikkala telefon ham doimo band edi. Vaziyatni aniqlash madsadida o'sha erga borishga ahd qildik.

Ko'mita binosiga yaqinlashar ekanmiz, uning yonida hakamlardan bugun imtihon olishi lozim bo'lgan o'qituvchilar - Butunittifoq toifasidagi hakamlar Viktor Vishinskiy, Eduard Bakunovich, Isoq Volshanskiy o'zaro suhbatlashib turishardi. Uchchalasi ham qattiq hayajonda, qandaydir, xunuk voqea yuz berganga o'xshardi. Salomlashganimizdan so'ng O'zbekiston hakamlar uyushmasi raisi Viktor Vishinskiy bizga qarab «Kecha nima sababdan «Dinamo» Minsk hamda «Paxtakor» uchrashuvi bo'lmay qolganligini bi- lasizlarmi?» deb so'radi. SHunda biz «Uchrashuv boshqa kunga qoldirilganligini eshitdik, xolos» deb javob berdik. Uyushmamiz raisi esa Toshkent - Gurev - Doneck - Minsk marshruti bo'ylab uchayotgan TU-134 A samolyoti 8400 metr balandlikda xuddi shunday samolyot bilan to'qnashib ketganligi va oqibatda ikkala samolyot yo'lovchilari hamda ekipaj yo'lovchilari hamda ekipaj azolari halokatga uchraganligini dard bilan so'zlab berdi. SHunda men shoshib qolib «Necha kishi halok bo'libdi?» deb so'radim. Suhbatdoshimiz biron kimsa ham tirik qolmaganligini aytdi. Peshonamdan muzdek ter chiqdi, tomog'imga bir narsa tiqilgandek bo'ldi. Nahotki shuncha yillar davomida birga bo'lgan, o'z taqdirini futboldek katta sport bilan bog'lagan paxtakorchilar bir zumda yorug' dunyodan ko'z yumishsa?! Bu noxush daqiqa til bilan tasavvur etib bo'lmaydigan dahshatga aylangan edi. SHu vaqt katta tezlikda «Nisa» mikroavtobusi yonimizga kelib shiddat bilan to'xtadi. Undan bir ayol otilib chiqdi-da, qo'mita binosi tomon chopib ketdi. Uning biron futbolchimizning rafiqasi ekanligiga shak-shubha yo'q edi.

Mashina haydovchisi yoniga borib «Kechirasiz, bu ayol kimning rafiqasi ekan?» deb so'radim, u esa erga qaragan holda xo'rsinib, «Kimning rafiqasi ekanligini bilmayman-u, lekin, menimcha uning ismi Irena bo'lsa kerak» dedi. Darhol esladim: Irena - «Paxtakor»ning istedodli darvozaboni Sergeyning rafiqasi Pokatilova-ku!

Xunuk xabarni eshitgan futbol muxlislari chor atrofdan qo'mita tomonga oqib kela boshladilar, ularning ko'plarining ko'zlarida nam, bazilari butunlay dovdirab qolishgan, ayrimlar esa ho'ngrab yig'lar edilar...

Asta-sekin u erdan uzoqlashib «Toshkent» mehmonxonasi yonidagi marshrut taksilari bekatiga yaqinlashdim. O'sha davrlarda 22- marshrut taksisi shu erdan Oq tepa maydoniga qatnar edi, Horg'in va g'amboda bir ahvolda mashinaning orqa o'rindig'iga o'tirdim, yana 5-6 yo'lovchini olib mashina o'rnidan qo'zg'aldi. Katta yo'lga chiqqach, haydovchi ro'parasidagi oynadan qarab, «Axbor aka, nahotki shu gaplar rost bo'lsa?» deb so'rab koldi. SHundoq ham yig'lab yuboray deb bazo'r o'tirgan edim: «Ha, do'stim rost!» dedimu ho'ngrab yubordim. SHu vaqt mashinadagi hech narsadan bexabar yo'lovchilar haydovchiga qarab «Nima gap, tinchlikmi?» deb so'rashdi. U esa bo'lgan voqeani mashinadagilarga so'zlab berdi. Kimdir, «yigitlar bu dunyodan shahid ketibdilar, joylari jannatda bo'lsin» desa, kimdir men tomonga o'girilib hamdardlik bildirardi.

SHu kuni kechqurun Katta bog' ko'chasidagi xonadonimizda iftorlik bo'lishi rejalashtirilgan edi. Uyga kelgach, qizarib ketgan ko'zlarimni birov ko'rmasligi uchun tezroq xonamga kirib ketmoqchi bo'ldim, lekin ulgurolmadim. Hovlida yumush bilan ovora bo'lib yurgan rafiqam Faridaxon «Voy o'lmasam, nima bo'ldi, tinchlikmi, nega ko'zlaringiz qizargan?» deya savolga tuta boshladi. Men esa devorga suyangan holda yana yig'lab yubordim. SHu daqiqalarda bu dahshatli xabarni qanday qilib aytishni bilmay azob chekardim...

Kechga yaqin taklif etilgan mehmonlar birin-ketin kela boshladilar, men butun vujudim bilan yuz bergan vaziyatni hech kimga sezdirmaslikka harakat qilardim. Lekin qanchalik urinmayin, baribir ko'plar holatimni sezib qolishdi.

Iftorlik o'tgach, mehmonlarga javob berishdan oldin hovlida yog'och karovatda o'tirgan Fattoh qori yonlariga kelib sekingina «Tog'ajon, bugun «Paxtakor» jamoasi samolyotda portlab ketib halok bo'lishdi. O'zingiz bilasiz, ularni barchasi mening qadrli do'stlarim bo'lishgan. O'sha azizlar xotirasiga bitta Quron tushirib bersangiz» dedim. Fattoh qori paxtakorchilarning bu dunyodan shahid ketganlari haqida yig'ilganlarga qarata maruza qildilar, keyin ko'zlarini yumgan holda Quronni shunday qiroat bilan o'qidilarki, iftorlikka kelgan yoshu-qarining barchasi yig'ladi.

. Hamma yoqni yig'ishtirib bo'lgach, ust-boshim bilan divanda uxlab qolibman. Vaqt yarim tunga yaqinlashganda eshik taqilladi, shosha-pisha soatga qaradim - 2 dan 15 daqiqa o'tgan ekan. Eshikni ochsam, ro'paramizdagi “Zotlik” ko'chasida yashaydigan do'stim To'lqin Yusupov turibdi. «Kechirasiz, bezovta qilganim uchun, Sizni Sochi shahridan telefonga chaqirishyapti» dedi. (U paytda mahallamizdagi sanoqli xonadonlar o'z telefoniga ega edi). Toki telefon dastasini qo'limga olgunimcha «chaqirtirgan kim ekan, qarindoshlarimizdan hech kim Sochida dam olmayotgan edi-ku!» degan mujmal savollar miyamni butunlay chulg'ab olgandi. Telefon dastasini ko'tarib «Allo! Eshitaman!..» desam u tomondan hech kim so'zlamaydi, faqat ayol kishining piqillab yig'layotgani eshitilib turardi. «Allo! Allo! Gapiring, kimsiz?» Bir necha sekund davom etgan sukunatdan so'ng, telefon orqali so'zlashayotgan hamkasbimni zo'rg'atdan angladim. U kishi Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot oliygohining bo'lim mudiri, biologiya fanlari doktori Dilorom SHaripova ekanlar. Ular Sochida dam olayotib aviaciya halokati haqidagi xabarni eshitib Toshkent shahridagi tanishlaridan bazilariga sim qoqib, aniqroq malumot olmoqchi bo'lib rosa ovora bo'libdi. Hech qanday natija chiqmagach, shahardagi telefon stanciyasi xodimlaridan iltimos qilib Katta bog' ko'chasi yoki uning atrofidagi telefoni bor xonadonlardan birini ulab berishni so'rabdi. Dilorom Jumaniyozovna «Axbor doim «Paxtakor» bilan safarga borardi, bu gal ham ular bilan birga bo'lsa kerak» deb qo'rqib ketib, telefondan ovozimni eshitgach yig'layotgan ekanlar.

Oradan ko'p vaqt o'tmasdan paxtakorchilar ustozi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Idgay Tazetdinov hamda jamoa himoyachisi, sport ustasi Yuriy Zagumennixning rafiqalari Alla Sergeevna va Lyudmila Nikolaevnalar Dnepropetrovsk viloyati Dneprodzerjinsk tumanidagi Ku- rilovka qishlog'iga borib samolyotlar portlagan erlarni ko'rib ziyorat qilib qaytdilar. O'sha erda istiqomat qiluvchi kishilar tez kunda pul to'plab halok bo'lgan yo'lovchilar xotirasiga atab yodgorlik o'rnatishganini aytishdi.

Fojiadan bir necha kun o'tgach, jumhuriyat toifasidagi hakam Zokir Abdullaevning Dnepropetrovsk shahrida o'tkaziladigan Butunittifoq o'smirlar turniriga taklif etilganligini eshitib qoldim. Tezda Zokir- jonni topib, undan paxtakorchilar halok bo'lgan joyni ziyorat qilishini va u erdan xotira sifatida biron narsa olib kelishini iltimos qildim. Istedodli hakamimiz u erdan qaytgach, o'zi bilan birga olib kelgan samolyot parchasining kichik bir bo'lagini uyga keltirib berganida uni ko'zda yosh bilan qabul qilib oldim.

Eng navqiron yigitlik davrida bu yorug' dunyodan bevaqt ketgan «Paxtakor» jamoasi azolari birma-bir ko'z o'ngimdan o'ta boshladi:

O'sha vaqtlarda to'qqizinchi sinfda o'qib yurgan jumhuriyatimizning oltita yosh futbolchisi SSSR o'smirlar terma jamoasi azolignga nomzod bo'lib, navbatdagi Butunittifoq o'quv mashg'ulotiga, Kavkazdagi Esheri shaharchasidagi sport bazasiga ularni olib boruvchi ustozlari to'satdan betob bo'lib qolganliklari sababli bu vazifa menga topshirilgan edi. Mamlakatimizning turli shaharlaridan taklif etilgan 30 dan ortiq yosh futbolchilar bilan o'tkazilayotgan mashqlarda serquyosh O'zbekistondan Viktor Pshenichnikov, Valeriy Ortiqov, Viktor Jalilov, Aleksandr Burikin, Nikolay Kolomeycev, Mixail An ham ishtirok etishardi. Qishki tatil kunlariga mo'ljallangan mashg'ulotlar yakunlangach, u erdan jo'nab ketishimiz oldidan terma jamoa ustozlari yonimga kelib «Misha An kelajakda haqiqiy futbol professori bo'lib etishadi, uning istiqboli porloq, mana ko'rasiz» - deyishdi, O'sha daciqalarda mening qay darajada faxrlanib ketganligimni ko'rsangiz edi...

Paxtakorchilarning Toshkentdagi uchrashuvlaridan birida himoyachi Nikolay Kulikov tasodifan o'z jamoasi darvozasiga to'p kiritib qo'ydi, o'yin yakunida futbolchilarimiz g'alaba qozonganliklari sababli bu voqea tezda unutila boshlandi. O'yingohdan chiqaverishda bir guruh sport jurnalist- lari suhbatlashar, o'zimizcha hozirgina yakunlangan o'yinni muhokama qilayotgan edik, shu vaqt yonimizdan Nikolay o'tib qoldi. Biz uni g'alaba bilan tabriklasak, u bo'lsa «Do'stlar, meni kechiringlar, bu falokat to'pni qanday qilib o'z darvozamizga yo'llab qo'yganligimni hech miyamdan chiqara olmayapman» - deb javob berdi.

CHapdan o'ngga: Vladimir Fyodorov, Mixail An, Vasilis Xadzipanagis


Mohir hujumchimiz Vladimir Fyodorov hatti-harakatida bazan manmanlik va o'zini katta tutish kabi salbiy holatlar paydo bo'layotganligini o'z vaqtida sezgan jamoa rahbarlari uni muhokama qilishni so'rab O'zbekiston futbol federaciyasiga murojaat qildilar. Federaciya hayati yig'ilishiga Volodya ham taklif etildi. Jamoa rahbarlari hamda hayat azolari «Paxtakor» hujumchisi xatti xarakatini kattik tankid ostiga oldilr, bu nuksonlardan qutilish yullarini ko'rsatib berdilar. Barchaning ko'zi Fedorovda, lekin unda xech kanday o'zgarish sezilmayotir, uning xotirjam o'tirishidan guyo “Baribir men xakman, qo'lingizdan nima kelardi” deyayotganligini tushunib etish mumkin edi. Biroz jimlikdan so'ng jumhuriyat futbol federaciyasi raisi, xurmatli generalimiz Fayzulla   Norxo'jaevning jahli chiqib ketdi. «Hali sen «futbol yulduzi» bo'lib qol- dingmi, bizni nazaringga. ilmayapsanmi? Hozir men Turkiston harbiy okrug   rahbariyatiga telefon qilib seni ertagayoq armiyaga jo'natishlarini so'rayman, armiyaga bo'lganida ham eng uzoq o'lkalarga ketasan! Ana undan so'ng futbol o'ynashingni biz birgalikda tomosha qilamiz - deb xonadagi te- lefon dastagini ko'tardi. SHu daqiqada Vladimir Fyodorovning rangi oqarib ketdi, u yashin tezligida o'rnidan turib «O'rtoq general! Qadrli do'stlar! Meni kechiringlar, barcha aybimni bo'ynimga olaman... Bundan buyon bunday nomaqulchiliklar takrorlanmaydi, so'z beraman!» - dedi. Generalimiz yuzlarida tabassum paydo bo'la boshladi, «Yigit kishi mana shunday bo'ladi. Biz sendan yaxshi o'yin ko'rsatyab muxlislarni xursand kilishingni so'rasag-u, sen bo'lsang... Do'stlar! Fyodorovning so'zlariga ishonamizmi?» - deya barchamizdan ijobiy javob olgach, o'zlari birinchi bo'lib Volodyaga qo'l berdilar, keyin hammamiz u bilan ko'rishnb chiqdik. 

“Paxtakor-79”ni eslab ko'p o'yga tolardim: nima uchun O'zbekistonimizda ular xotirasiga bag'ishlangan biron-bir jamg'arma ochish mumkin emas? Ko'plab tashkilotlar, futbol jamoalari, muxlislar bunday hayrn-ehson fondiga qanchadan-qancha mablag'lar o'tkazgan bo'lardilar. Boshqa jumhuriyatlar muxlislari va chet ellik fuqarolar ham qarab turmasdilar.

Nihoyat, mustaqil O'zbekistonimizda «Paxtakor-79» jamg'armasi tashkil etildi. Binobarin, nafaqat aviahalokatda halok bo'lgan 17 paxtakorchi, balki turli yillar-da o'zbek futbolining shuhratin: oshirishga munosib hissa qo'shgan murabbiy va o'yinchilardan Hamid Rahmatulaev, Maqsud SHaripov, Gennadiy Krasnickny, Oleg Motorin, Aleksandr Keller, Maruf Akbarov, Ahmad Toshpo'latov, Vyacheslav Semyonov, Laziz Maqsudov, Mixail Barskiy, Qobil Muqimov, Yakov Aranovich, Aleksandr SHelochkov ruhlari ham shod bo'ladigan bo'ldi. Ularning oila azolari va farzandlariga ham moddiy, ham manaviy yordam berish imkoniyati yaratildi. Fond mablag'idan vaqti-soati bilan nogiron futbolchilar orasida jahonda eng kuchli bo'lgan Toshkentning «Matonat» jamoasi azolariga beg'araz yordam uyushtirib jumxuriyatimiz bolalar jamoalarini sport kiyim-kechaklari bilan taminlashdek savobli ishlarni amalga oshirish mumkin.

O'zbekistonda olimpiya o'rinbosarlari bilim yurti ish boshlaganiga ham 30 yil to'ldi. Istedodli sportchilarni tayyorlashning o'ziga xos makoniga aylangan ushbu o'quv dargohining jumhuriyatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishda o'rni nihoyatda kattadir. Boshqa turlar bilan bir qatorda futbol ham kamol topdi. Vladimir Fedorov, Mixail An, Olim Ashirov, To'lagan Isoqov, Gennadiy Denisov - bu ajoyib futbolchilar ro'yxatini davom ettirish mumkip. Hozirgi kunda ham bu erda talim olayotgan bolalarning eng qobiliyatlilari o'smirlar o'rtasida SSSR na O'zbekiston terma jamoalari azolaridir.

Meni bir savol donmo qnynaydi. Nima uchun ushbu bilim yurtiga German Titov nomi berilgan? SSSR kosmonavt uchuvchisi bilan bilim yurti o'rtasida qanday aloqa bor? Uning o'rniga shu erda o'qib jumhuriyatimiz sport sharafini olamga ko'z-ko'z qilaolgan kishilar nomi berilsa savobli ish bo'lardi. Yoki boshqa bir masala.

Nima uchun shu vaqtgacha jumhuriyatimizning eng katta sport inshootida shonli paxtakorchilar uchun yodgorlik qo'yilmagan? Axir oradan 12 yil o'tib ketdi-ku!

SHu kungacha (ishqilib bundan buyon bo'lmasin) er kurrasidagi yana beshta futbol jamoalari azolari xuddi «Paxtakor» singari aviaciya halokati natijasida bu ko'hna dunyodan ko'z yumishga majbur bo'lishgan: Bular «To- rino» - Italiya (1949 yil), «Manchester yunayted» - Angliya (1958 yil), «Grin kross» CHili (1961 yil), «Strongest» - Boliviya (1969 yil), «Alyans» - Peru (1987 yil).

Bundan ikki yil muqaddam, yani «Paxtakor» futbolchilarining fojiali halokatiga 10 yil to'lishi munosabati bilan O'zbekis.ton poytaxtida yuqorida nomlari sanab o'tilgan jamoalar o'rtasida Xalqaro xotira turniri o'tkazishga harakat qilindi. Lekin negadir bu g'oyatda xayrli ish nihoyasiga etkazilmadi. Juda kerakli bu tadbirni o'sha mamlakatlar futbol federa- ciyalari vakillari bilan bir erga to'planib ijobiy hal qilish hamda uni jahon futbol federaciyasi (FIFA) kalendariga albatta kiritish lozim.

Paxtakorchi do'stlarim va ukalarimni o'ylab ularni qo'msayman... hammalari birma-bir ko'z o'ngimdan o'ta boshlagandek tuyuladi menga. Evropa chempioni, xalqaro klassdagi sport ustasi, «Paxtakor» sardori Mixail Anning o'g'li Dmitriy hamda jamoamizning eng tolmas o'yinchisi, sport ustasi Alek- sandr Korchenovning o'g'li Aleksandr bu yil O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya oliygohiga o'qishga qabul qilindilar. Dmitriy hozirgi kunda jumhuriyat chempionatida g'olib chiqqan Toshkent viloyatining «Politotdel» jamoasi safida xuddi rahmatli otasi singari yarim himoyada to'p surdi. Istedodli futbolchimiz Olim Ashirovning o'g'li Oleg (mashhur sovet o'yinchisi Oleg Bloxinga xavas kilib kuyilgan ism) shu yil yozda German Titov nomidagi jumhuriyat olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtining yosh futbolchilari safida Xitoy xalq jumhuriyatiga tashrif buyurib, u erdagi musobacalarda ishtirok etdi, uning ukasi Ulug'bek ham yaqinda shu o'quv dargohiga cabul qilindi. Hozirgi kunda Sergey Korchenov, Oleg Sobirov, Sergey Zagumennixlar ham turli yoshdagi futbolchilar orasida to'p surib otalari boshlab bergan ishni davom ettirmoqdalar. Demak, salomatlik bo'lsa, estafeta ishonchli qo'llarda.

Xudoi taolodan shu narsani o'tinib so'raymanki, shavkatli paxtakorchilari- mizning o'g'illaridan hech bo'lmaganda bittasi istedodli futbolchi bo'lib etishib chiqsin. U «Paxtakor» jamoasining mamlakat chempionati oliy ligasidagi saflarida maydonga tushsin. Kaminaga esa o'sha kuni O'zbekiston oynai jahonida uchrashuvni sharhlab turib maydonga tushgan yangi o'yinchini jonajon jumhuriyatimiz charm to'p muxlislariga yaqindan tanishtirish na- sib etsin...


Axbor IMOMXO'JAEV.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика