So’nggi yangiliklar

16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10

Moziyga qaytib... Poydevor (so'nggi qism) Yangiliklar

Moziyga qaytib... Poydevor (so'nggi qism)

Avval eslatib o'tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O'zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Oradan 14 yil o'tib, “Odamlar orasida” gazetasi chiqa boshlaganda, uning bosh muharriri Xayrulla Hamidov menga yuzlanib yurtimizda bolalar futboli muammolari hali ham hal bo'lmagani, shu haqda tahliliy maqola yozib berishimni so'radi. SHu tariqa “Poydevor” mavzusi davom ettirildi hamda gazetaning bir necha sonida o'quvchilar etiboriga havola etildi.



Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism)        

Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)        

Moziyga qaytib... Poydevor (3-qism)         

Moziyga qaytib... Poydevor (4-qism)


POYDEVOR. BESHINCHI MAQOLA
(“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 17 may sonidan olingan).


Angliyaning «Liverpul» jamoasi bundan ikki yil avval dramatik tarzda «Milan»ni engib Evropa CHempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritgandi. Bu yil yarim finalda «Liverpul» jahon yulduzlarini o'zida jamlagan «CHelsi»ni mag'lub etib yana final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Vaholanki, tarkibdagi yulduzlar bo'yicha «Liverpul» qitada yuqori o'ntalikka ham kirmaydi. Bunday ko'rsatkichlarni tasodifiy deyayotganlar xato qilishadi. Gap shundaki, «Liverpul» klubi qoshidagi bolalar akademiyasi Angliyadagi eng yaxshi futbol maktablaridan biri hisoblanadi. Hozir uning hamma afzalliklari haqida hamdu-sano o'qimaymiz, sababi akademiya menejeri Frenk Skelli buni oddiygina tushuntiradi: «Bizning asosiy yo'nalishimiz to'rtta: Texnika, SHijoat, Koordinaciya, Tezlik. «Natija» degan so'z «Liverpul» bolalar akademiyasida yo'q va bo'lmaydi ham. Nafaqat «Liverpul», balki Angliyaning barcha akademiyalarida 16 yoshgacha bo'lgan bolalar musobaqa jadvali va o'rinni aniqlaydigan chempionat hamda turnirlarda ishtirok etishi taqiqlanadi. Bolalarning bu yoshlarda individual qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat qilish lozim, natija uchun ishlash esa bolakaylarning ruhiy jihatdan sinishiga olib kelishi mumkin. Bolalar faqat o'rtoqlik uchrashuvlari yoki festival turnirlarda qatnashishlari mumkin, biroq bunday o'yinlar soni mavsum davomida o'ttizdan oshishi kerak emas».

Ana endi Ukraina va Angliyadagi ish uslublarining afzallik tomonlarini ko'rsatishga harakat qilaman. Afsuski, bizda bolalar yoshligidanoq natija uchun o'ynaydilar, aniqrog'i biz ularni shunga majbur qilamiz. Masalan, poytaxtning o'zini oladigan bo'lsak, har yili bolalar futbol maktablari o'rtasida shahar chempionati o'tkaziladi. 8-9 yoshda futbol maktabiga qabul qilingan bolalar 10 yoshdan to 16 yoshigacha har yili shu chempionatda g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Yomon natijaga erishilgan futbol maktablarida murabbiy va rahbarlar almashtiriladi. Demak, ular bunday kuyga tushmaslik uchun barcha vositani ishga soladilar. Yani, maqsad vositani belgilaydi. Bunday vositalar esa talaygina: yoshi katta futbolchilarni maydonga tushirish, hakamni qo'lga olish va hokazo.
O'tgan yili bir voqeaning guvohi bo'lib qattiq tasirlangandim. Bir-biriga raqobatdosh ikki jamoaning o'yiniga hakam kelmadi. 10 yoshlilarning o'yiniga mezbon murabbiylardan biri hakamlik qildi. 11 yoshlilarnikiga mehmon tomon hakamlik qilishi lozim edi. Ular «futbolni yaxshi tushunadi» qabilasida ...otani, yani o'g'li shu jamoada o'ynaydigan otalardan birini qo'liga hushtak tutqazishdi. Mezbonlar norozi bo'lishgandi, uddaburon mehmonlar «hakam kelmagani uchun biz maydonga tushishdan bosh tortsak, sizga mag'lubiyat yoziladi, xullas yo uni, yo buni tanlanglar» deb turib olishdi. Qisqasi, uchrashuv boshlandi. Boshida hammasi ko'ngildagidek ketayotgandi. Biroq mezbonlar hisobni ochishi bilan vaziyat o'zgardi. «Hakam» har qanday holatni mehmonlar foydasiga xal qilishni boshladi. Bunday qarorlarning biriga o'z noroziligini bildirgan yosh futbolchini maydondan chetlatdi. Bir o'yinchi ko'p bo'lgan mehmonlar uchrashuv yakunlanishiga yaqin hisobni tenglashtirishdi. Biroq ota o'g'li o'ynayotgan jamoa g'alaba qozonishi uchun qo'ldan kelganini qildi. O'yinga 10 daqiqa qo'shib berdi (o'zi bu yoshdagilar 25 daqiqadan ortiq o'ynamasliklari kerak), noto'g'ri burchak to'pi belgiladi va qoida buzilishi oqibatida kiritilgan golni inobatga olib o'yinni yakunladi. Uchrashuv tugagach, ikki tomon ota-onalari bir-birlari bilan mushtlashib ketishlariga sal qoldi. Bo'ralatib so'kish va haqoratlar orqasidan yosh futbolchilarning lug'at boyligi yanada oshdi. Menga tasir qilgani - mag'lub bo'lgan yosh futbolchilarning ruhiy holati edi. Ularning orasida yig'lagani ham bo'ldi, bir nuqtaga tikilib o'tirib qolgani ham. Ular futbol o'ynab zavq-shavq olishlari o'rniga nohaqlik, jazosiz qolgan qoidabuzarlik va boshqa illatlarga guvoh bo'ldilar. 11 yoshlarida... Mana sizga natija uchun o'ynashning oqibatlari.

Endi futbolni alohida fan sifatida qabul qilinishi borasida. Katta futbolga o'yinchilar qaerdan kelishadi? Albatta futbol maktablaridan. Lekin futbolga qatnamay turib, tengdoshlaridan yaxshiroq o'ynaydigan o'quvchilar yo'qmi? Bor va ular yuzlab. Va aynan maktab darslariga futbol fanining kiritilishi ana shunday iqtidorlarni kashf qilish imkonini beradi. Buning yo'li oson. Futbol darslarida o'zini ko'rsatgan o'quvchilardan sinf terma jamoasi tuziladi. Sinflar o'rtasidagi musobaqadan so'ng maktab terma jamoasi tuziladi. So'ng tuman, shahar miqyosidagi turnirlar. Final uchrashuvlariga tashrif buyurgan mutaxassislar o'zlariga keraklicha iqtidorlarni kashf qilishadi. Bu erda eng muhimi natija emas, tanlov bo'lishi lozim. Yani, futbol musobaqasida ko'rsatilgan natijaga qarab jismoniy tarbiya o'qituvchilari yoki maktab rahbarlari ishdan olinsa, yana maqsad vositani belgilay boshlaydi. Ular faqat bir holatda o'z vazifalaridan chetlashtirilishlari kerak - noto'g'ri malumot bersalargina. Masalan maktab terma jamoasi tuman, tuman termasi shahar va shahar termasi respublika birinchiligida qatnashish uchun buyurtma berganda o'z-o'zidan maktab direktori, xalq talimi tuman, shahar rahbarlari shu o'smir haqiqatan ham shu yilda tug'ilgani va shu erda o'qishini tasdiqlab berishlari kerak. Yana qaytarib aytaman, mahalliy rahbarlar natija uchun emas, noto'g'ri malumot berganliklari uchun jazolanishsa, faqat tengdoshlar qatnashadigan musobaqa o'tkazilishi uchun zamin yaratilardi.

Endi akademiya o'zi nima degan savolga javob izlasak. SHu sarlavha ostidagi uchinchi maqolamizda futbol bilan shug'ullanadigan o'quvchilar mashg'ulotlardan kechga qolmaslik uchun oyiga 50-60 soat darsni qoldirishlariga to'g'ri kelayotgani haqida fikr bildirgandik. Akademiyada darslar qoldirilmaydi. Sababi futbol bilan shug'ullanadigan tengdoshlar akademiya qoshidagi maktabda bir sinfda o'qishadi, birga shug'ullanishadi. Musobaqalar paytida birga bo'lishadi va qoldirilgan darslarni birga etkazib olishadi. Yani o'qish ham, mashg'ulot ham akademiyaning ichida bo'ladi. Xorijdagi har bir nufuzli futbol klubining o'z bolalar akademiyasi bor. Hech bo'lmaganda maxsus sinflari.

Bizda bir marta ana shunday xayrli ishni boshlashga harakat bo'lgan. Bundan chamasi 25 yillar avval 1974 yilda tug'ilgan iqtidorli yoshlarni to'plab bir maktabga birlashtirishgan. Yani oddiy o'rta maktabda maxsus sinf tuzilgan. Unda faqat futbol bilan shug'ullanadiganlar talim olishgan. Birga o'qish, birga ovqatlanish, mashg'ulotlarga birga borish. Bu ishni iqtidorli murabbiy Vladimir Bondarenko boshlab bergandi. Yani avval maktab direktorini, so'ng tuman va shahar xalq talimi rahbarlarini ko'ndirib, maktab qoshida maxsus sinf tuzilgandi va unda faqat futbol bilan shug'ullanadiganlar o'qishi belgilangandi. Keyinchalik maxsus sinf tarbiyalanuvchilaridan bir yo'la besh kishi (tarixda bunaqasi hali bo'lmagandi!) Pavel Bugalo, Yorqin Nazarov, Andrey Yarovoy, Valeriy Kechinov va Oleg SHackixlar sobiq ittifoq o'smirlar terma jamoasiga qabul qilinganlar. Yana bir bitiruvchi Nikolay SHirshov esa uzoq yillar milliy termamiz sharafini himoya qildi. Afsuski, keyinchalik bunday shakl boshqa qo'llanilmadi. Bilishimcha, mamlakatimizda yagona futbol akademiyasi Muborakda faoliyat yuritmoqda. Yaqinda «Paxtakor» futbol klubi Rossiyaga ketib qolgan Vladimir Bondarenkoni ortga qaytarib klubga ishga qabul qildi. Maqsad klub qoshida bolalar akademiyasini ochish. Mamlakatimizning eng mashhur murabbiyi Yuriy Sarkisyan ham tayyor futbolchilarni sotib olishdan ko'ra, ularga ketadigan mablag'ni bolalar futbol maktabiga sarflashni afzal deb bildi va buning foydasini amalda isbotlamoqda. Lekin qolgan jamoalarda bu borada jim-jitlik.

Qissadan hissa shuki, hukumatimiz tomonidan futbolni, xususan bolalar sportini rivojlantirish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq zamon bilan hamnafas, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ishni yo'lga qo'yish uchun mutaxassislarimiz ham o'z so'zlarini aytishlari zarur.

Aks holda yangi Mirjalollar yana qachon etishib chiqar ekan degan savol berish bilan cheklanib qolaveramiz...

Abror IMOMXO'JAEV.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика