So’nggi yangiliklar

17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  1 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  4 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  20 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  8 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1

Moziyga qaytib... "Neftchi"ni faqat "Paxtakor" yuta oladi Yangiliklar

Moziyga qaytib... "Neftchi"ni faqat "Paxtakor" yuta oladi

Futbol bo'yicha mustaqil O'zbekiston chempionati 30 yildan beri o'tkazilib kelinadi.

Unda ko'plab yorqin o'yinlar bo'lib o'tgan va ular har bir jamoa muxlisi qalbida muhrlanib qolgan. Keksa va o'rta avlod ishqibozlari ilk chempionatlardagi “Paxtakor” va “Neftchi” qarama-qarshiligini yaxshi eslashadi. Ilk chempionatdagi qo'sh chempionlik, 1993 yil Farg'onada va Toshkentdagi mezbonlar g'alabasi. Ayniqsa, 1993 yil nihoyasidagi “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi ochiq futbol va dramatizmi bilan ko'pchilkning yodida uzoq saqlanib qolgan. Eng qizig'i, musobaqa jadvalida bu o'yin natijasi hech narsani hal qilmagan – “Neftchi” yakka peshqadam va “Paxtakor” uni mag'lub etganda ham ochkolar bo'yicha farg'onaliklarga eta olmasdi. Biroq uchrashuv principial ahamiyat kasb etgan va ikkala jamoa ham kim aslida kim ekanligini ko'rsatish uchun maydonga tushgan. Quyida ana shu uchrashuv tafsilotlariga to'xtalamiz va chempionatimizdagi eng yorqin o'yinlardan birini yodga olamiz.

"NEFTCHI"NI FAQAT "PAXTAKOR" YUTA OLADI

(“O'zbekiston futboli” gazetasining 1993 yil 6 oktyabr sonidan olingan).


“Paxtakor“ (Toshkent) - “Neftchi (Farg'ona) - 5:4 (3:1). Toshkent. “Paxtakor“ Markaziy stadioni. 8000 tomoshabin.
Xakamlar:
V. Mosyagin-8;Serazitdinov - 8; M. G'afurov (hammasi Toshkentdan) - 8.
“Paxtakor“: Bugalo, Aliev, Magomedov, Qosimov, SHirshov, Morgulis, Hasanov, YO. Nazarov, Ivangorodskiy (Sobirov, 87), Maqsudov (Galiev, 86), Volkov (D. Nazarov, 89).
“Nefgchi“: Osmonov, Miklyaev, Fedorov, Mamotov, Tixonov, A. Do'rmonov, Atoyan, Lebedev, Bozorov, Caraev (Abdullaev, 43), R. Do'rmonov.
To'plarni Aliev (36), Hasanov (38), Atoyan (40, 53), Maqsudov (42), R. Do'rmovov (55), Magomedov (63), A. Do'rmonov (78), Qosimov (87) kiritdi.
Lebedev, Magomedov, Qosimov, Maqsudov ogohlantirildi.

KIM ASLIDA KIM?

Bosh sarlavhani o'qib mushtariyda muallif "Paxtakor"ga ortiqcha baho berib yubormadimi, axir birinchilikda "Neftchi" karvonboshilik qilyapti-ku degan fikr paydo bo'lishi mumkin. Haqiqatdan ham hozirgi kunda "Neftchi" mamlakatning eng etakchi jamoalaridan biri. Unda Qosimov, Maqsudov, Hasanov singari yulduzlar bo'lmasa-da, jamoa sifatida Neftchi "Paxtakor"dan ustun turadi. Yulduzlari ko'p bo'lgan "Paxtakor" o'ziga ortiqcha baho berib yuborib Gulistonda durang, Nukusda mag'lubiyatga uchrashi mumkin. Yoki Namanganda uchrashuv tugashiga 25 daqiqa qolganda hisobni ochib, so'ngra ketma-ket to'p o'tkazib yuboradi.

"Neftchi"da esa tasodiflar deyarli bo'lmaydi. Mavsum boshida, 2-turda zahiradagi darvozabon bilan Buxoroda dog'da qolgan farg'onalikfutbolchilarqeyinchalikmag'lubiyat nimaligini bilmadilar. Uyin in- tizomi yuksak darajada bo'lgan "Neftchi"ni bugungi kunda to'xtatish juda mushkul, aniqrog'i birinchilikda ishtirok etayotgan 14komandaning birortasi ham buning uddasidan chiqaolmaydi. Faqat "Paxtakor”gina “Neftchi" ustidan zafar quchishi mumkin, lekin uning tarkibida Mirjalol Qosimov o'ynasa. Ikki raqib o'rtasida shu kungacha bo'lib o'tgan o'yinlarni tahlil qilsak, shu xulosa kelib chiqadi. O'tgan mavsum boshida yulduzlari bilan maydonga tushgan "Paxtakor" 2:0 hisobida zafar quchdi. So'ng Mirjalolsiz o'ynagan paxtakorchilar o'tgan birinchilikda ikki marotaba, bu yil esa Farg'onada mag'lubiyatga uchradilar. Oxirgi o'yin 2 may kuni bo'lib o'tgan edi. Oradan ikki hafta o'tgach, Qosimov bu yil ilk marta yana "Paxtakor" tarkibida maidonga tushdi. To'rt kundan so'ng "Neftchi" va "Paxtakor" Osiyo chempionlari musobaqasida kim ishtirok etishini hal etish uchun Jizzaxda o'zaro uchrashdilar. Bu o'yinda Mirjalol nafaqat to'p kiritdi, balki "Paxtakor"da dispetcherlik vazifasini "alo" darajada o'tadi - komanda 3:1 hisobida zafar quchdi. SHunisi qiziqki, Mirjalol yordamida qozonilgan g'alabalar hech qanday naf bermadi. Dastlabkisi, qoidaga zid bo'lganligi uchun bekor qilingan bo'lsa, ikkinchisi baribir paxtakorchilar uchun Osiyoga yo'l ochmadi.

Bugungi bo'ladigan o'yin esa ikkala komanda uchun juda muhim edi. Durang yoki "Neftchi"ning g'alabasi bir tomondan farg'onaliklarni muddatdan oldin chempion deb elon qilishga asos bo'lsa, ikkinchi tomondan musobaqa jadvalida "Paxtakor"ni uchinchi pog'onaga tushirib qo'yardi. "Neftchi" bu o'yinga juda puxta tayyorlandi. To'rt kun aval "Politotdel”ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan farg'onaliklar "Paxtakor" stadionida ham shuncha tup kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Biroqmaydondan boshlarini egib chiqib ketdilar. Endi, ayting-chi, agarbugun Mirjalolo'ynamaganida "Paxtakor" g'olib chiqarmidi?!

HAKAMLAR

Bu o'yinni buxorolik Lutfulin boshqarishi, unga samarqandlik Muxtorov va nukuslik Toshmuhamedov yordam berishi lozim edi. Ammo farg'onaliklar bosh murabbiysi Yuriy Sarkisyan, ochig'i ularga ishonmadi. Uning fikricha, "Paxtakor" - "Neftchi" o'yinidek markaziy uchrashuvni xolis bo'lib malakasiz bo'lgandan ko'ra, toshkentlik bo'lsa-da, malakali hakam boshqarishi lozim edi. Avvaliga respublika futbol federaciyasidagilar Sarkisyanning bu taklifiga rozi bo'lmadilar, ularni ham tushunish kerak. CHunki bordi-yu, toshkentlik hakamlar boshqargan bu o'yinda "Paxtakor" g'olib chiqsa, barcha tana-etirozlar ularga qaratilardi. Ammo Sarkisyan federaciya bosh kotibiga yozma ravishda murojaat etib, hayronbo'ladiganlarga o'zi tushuntirishni bo'yniga olgandan keyin, murabbiyning iltimosi qondirildi. Norozi bo'lishlar ko'p kuttirmadi. Farg'ona viloyati sport qo'mitasi raisi E. Ablyakimov imzosi bilan "butun farg'onalik muxlislar nomidan" uchrashuvni toshkentlik hakamlar boshqarishiga norozilik bil- dirilgan shoshilinchnoma federaciyaga o'yindan avval etib keldi.

Sarkisyan malakali hakam talab qilganida bir narsani hisobga olmagan ko'rinadi: bundaylar hech qachon bo'sh turmaydi, aniqrog'i ular deyarli har turda oliy va birinchi liga o'yinlarini boshqarib borishadi. Vladimir Mosyaginni malakasizlikda ayblab bo'lmaydi, u hatto xalqaro o'yinlarni boshqargan. Lekin malum .sabablarga ko'ra mavsum davomida maydonda hakamlik qilmagani o'z "samarasi"ni berdi. U uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatadigan darajada xato qilmagan bo'lsa-da, oxir-oqibatda murabbiylar norozi bo'lishiga asos yaratdi.

Ammo Sarkisyan so'zining ustidan chiqdi - bu o'yinni nega toshkentlik hakamlar boshqaradi degan savolga o'rin qolmadi. Bu haqda reportaj davomida "oynai jahon" orqali aytildi, shuningdek, stadionda hakamlar nomi elon qilinganda hushtakbozlik boshlanishi bilan suxandon bu Sarkisyanning shaxscy iltimosi ekanligini aytgandan so'ng, hammasi o'z o'rniga tushdi.


MUXLISLAR
Farg'onalik futbol muxlislariga havas qilsa arziydi: sevimli jamoalarini uyda ham, safarda. ham birdek qo'llab-quvvatlashadi.AmmoToshkentgakelayotganlarida mezbonlarga nisbatan ko'pchilikni tashkil etishlarini ularning o'zlari ham xayollariga ham keltirmagan bo'lsalar kerak. Biroq "Paxtakor" uchun baxtga qarshi shunday bo'libchiqdi. SHu kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida mavsumning eng zo'r o'yini bo'lib o'tdi, unda mamlakatning eng kuchli futbolchilari o'zistedodlarini namoyish etishdi, darvozalarga 9 ta(!) biri-biridan chiroyli to'p kiritildi. Lekin 55 ming tomoshabin sig'adigan hayhotdek stadionning loaqal bir tomoni ham to'lmadi. Menimcha,"Neftchi" o'zini raqib maydonida o'ynayotgandek his etmadi. CHunki farg'onalik ishqibozlar komanda o'zini xuddi o'z uyidek his qilishi uchun etarlicha harakat qilishdi va buning uddasidan chiqishdi.

"Paxtakor" muxlislari-chi? Agar har turdan keyin hakamlar hujjatiga nazar solinsa, "Paxtakor" Markaziy stadioniga o'rtacha 1000 tomoshabin kelishini guvohi bo'lamiz. Bazilar buni komandaning o'yini muntazam "oynai jahon" orqali olib berilishiga bog'laydilar. Menimcha unday emas. Toshkentlik futbol muxlislari bir necha yillardan beri mahoratli futbolchilar o'yinini ko'rishga odatlanishgan. "Paxtakor"Markaziy stadionining yashil maydoniga Oleg Bloxin, Valeriy Gazzaev, David Kipiani, Fedor CHerenkov va boshqa yuzlab futbol yulduzlarining oyog'i tekkan. Endi esa ular olisda, yaqindagilari bo'lsa hali ular darajasiga etmagan. Yuksak saviyadagi futbol ko'rishniunutmaganliklarini poytaxtlik futbol muxlislari Gollandiyaning "Vitess" klubi kelganda namoyish etishdi. Usha kunlaristadionga 35 mingdan ziyod futbol muxlislari tashrif buyurdi. Ammo gollandiyaliklarketishi bilan muxlislar ham stadiondan uzoqlashdilar.

Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Birinchi navbatda reklamaga zo'r berish lozim. Poytaxtda hozir “Paxtakor”ning o'yini haqida deyarli hech qaerda malumot yo'q. Muxlislar stadionga jalb qilimas ekan, paxtakorchilar barcha uchrashuvlarini safarda o'tkazayotgandek his qilaveradilar.

TARKIB

"Neftchi" Toshkentga eng kuchli tarkibi bilan kelgan edi. O'tgan o'yinda jarohat olgan Albert Caraevni hisobga olmaganda, qolgan futbolchilar o'zlarini yaxshi his qilardilar. Albert, garchi asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa-da, jarohat. o'z tasirinm ko'rsatdi. Birinchi bo'lim tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda, u maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga tushgan futbolchi o'yin suratini bo'shashtiradiganlardan emasdi, har holda u o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Rustam Abdullaev edi.
”Paxtakor"da esa aksincha, kimlar maydonga tushishi nomalum bo'ldi. Namangandagi qiziqqonlikdan so'ng toshkentliklarning asosiy hujumchisi SHuhrat Maqsudov tartib-intizom qo'mitasi tomonidan 7 o'yinga chetlatilgan edi. Ammo to'liq tarkibda yig'ilmagan qo'mita o'yindan 2 kun avval qayta to'plandi va dastlabki qarorni o'zgartirib Maqsudovni bir o'yindan chetlatib, unga 50 ming so'm miqdorda jarima soldi. SHuhrat xuddi SHaripov va Marifalievlar singari "Navro'z" bilan o'tgan uchrashuvni qo'yib yuborgan, demak ularning uchchalasi ham "Neftchi"ga qarshi maydonga tushishi lozim. Ammo "Paxtakor"ning ikki qanotdagi yarim himoyachisi kutilmaganda maydonga tushmadi. Abduqahhor belini shamollatib qo'ygan bo'lsa, Ilhomning tizzasidagi eski jarohati qo'zg'agan ekan, Albatta, maydonga tushgan Morgulis va Ivangorodskiylar ularning o'rnini bosa olmadilar, biroq o'yinni buzganlari ham yo'q. Qolgan ikki yarim himoyachi - Mirjalol Qosimov va No'mon Hasanovlarbutun og'irlikni o'z zimmalariga oldilar va bu bilan "Paxtakor"ning zafar quchishiga munosib ulush qo'shdilar.

YULDUZLAR

Albatta, ikki chempionning o'zaro uchrashuvida darvozalarga 9 ta to'p kiritilishi mantiqan to'g'ri emasga o'xshaydi. Lekin biz bugun ochiq futbol nima ekanligini amalda ko'rdik. Ikkala komanda ham himoyadan ko'ra ko'proq hujumga zo'r berdi. Biz yana chiroyli kombinaciyalar, uzoq masofadan kuchli va aniq zarbalarni ko'rdik. Stepan Atoyanning ikki to'pi, jarima to'pini hamma Qosimov tepadi deb kutganda Magomedovning zarbasi va nihoyat Mirjalolning o'zi jarima to'pini qoyilmaqom amalga oshirib uchrashuvga nuqta qo'yg'anini muxlislar hali ko'p eslashadi. Ikkala jamoa to'purari Rustam Do'rmonov va SHuhrat Maqsudovlar o'z qobiliyatlarini yana bir bor namoyish qildilar. Tixonov, Bozorov, Asat Do'rmonov, Hasanovlar qay tarzda istedodli ekanliklarini biz avval ham bilardik. Lekin Murod Aliev, Eduard Mamotov va Stepan Atoyanlar bugun ularni ham yulduzlar qatoriga qo'shish mumkinligini isbotladilar. Aliev ham himoyani uddalab, ham chiroyli to'p kiritgan bo'lsa, "Neftchi"ning to'rttala to'pida ham Atoyanning hissasi bor.

Afsuski, darvozabonlar haqida iliq gaplar aytish qiyin. Paxtakorchilar uch bor darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, har safar Narimon Osmonovni to'pni darvoza to'ridan olib chiqishga majbur qilgan bo'lsalar, tajribali Pavel Bugalo aka-uka Do'rmonovlar kiritgan to'plarda xatolikka yo'l qo'ydi.

BASHORAT

O'yindan ikki kun avval "Sport" gazetasida sport jurnalistlarining shu uchrashuvga bashorati elon qilingan edi. Ularning birortasi ham to'g'ri chiqmaganligi oddiy hol - to'p dumaloq va hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin ular mantiqan ikki narsada adashmaganlar. Birinchidan, 13 jurnalistdan 6 tasi "Paxtakor" 1 to'p farq bilan yutishini ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchidan jurnalistlarning birortasi ham uchrashuvda hisob ochilmasligini bashorat qilmagan. CHunki yulduzlar etarlicha bo'lgan bu o'yinda ular albatta yaraqlashini ko'pchiligimiz fahmlagan edik.
Bir o'yinda bashorat qilish qiyin, biroq qolgan 6 uchrashuvga taxmin qilsa bo'ladimi? Aniqrog'i, kim chempion bo'lishi qachon malum bo'ladi? Menimcha, 23 oktyabr kuni. CHunki shu kuni "Neftchi" safardagi oxirgi o'yinini o'tkazadi. Gulistonda bo'ladigan bu o'yin chempionlikni hal qiladi. "Paxtakor" Gulistonda 1 ochko yo'qotib, imkoniyatini kamaytirgan edi. "Neftchi" esa bu erda qo'lga kiritilgan 1 ochko bilan mamlakat chempioni degan nomga sazovor bo'lar. Faqat ungacha u Qo'qonda "Temiryo'lchi”dan mag'lubiyatga uchramay, Farg'onada "Navbahor"ni dog'da qoldirishi zarur. SHunisi qiziqki, "Neftchi" "Navbahor" bilan 27 kun orasida 3 marotaba kuch sinashishi kerak: ikki marta kubok musobaqasida va bir marta chempionatda. Mabodo, "Neftchi" kubok yarim finalida ikki o'yin natijasiga ko'raNavbahor"dan o'tgan taqdirda ham unga finalda "Paxtakor" ro'baro' kelishi muqarrar. Mirjalol Qosimov boshchiligida...


Abror IMOMXO'JAEV.


O'YINDAN SO'NG...
"Paxtakor" Markaziy stadionida o'tadigan har bir uchrashuvdan so'ng, jamoalar murabbiylari bilan jurnalistlar o'rtasida matbuot konferenciyasini o'tkazish odat tusiga kirgan.
- SHogirdlaringizning o'yinidan qoniqdilaringizmi! - navbatdagikonferenciyada murabbiylarga berilgan birinchi savol shu bo'ldi.
- Darvozabondan tashqari hech kimga etirozim yo'q, — dedi YU. V. Sarkisyan.- Jamoam bugun mavsumdagi eng chiroyli o'yinlardan birini namoyish etdi. Faqat hakamlar o'yinni xolisona boshqara olmadilar. To'g'rirog'i ularda mahorat etishmadi.
Bahodir Ibrohimov: -SHogirdlarim maydonda faol harakat qilishdi va zarur qo'sh ochkoni qo'lga kiritishdi. Hakamlar haqida bildirilgan fikrga men ham .qo'shilaman. Ularning bugungi faoliyati bilan o'zbek futboli hech qachon obro' qozonolmaydi.
- Hakamlarni o'zingiz so'rab olibsiz, deya murojaat etishdi jurnalistlar YU. V Sarkisyanga.
YU. Sarkisyan:
-"Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinimizni Noil Lutfulin boshqarishi kerak edi. Ammo men uni qatiyan rad etdim. CHunki Lutfulin Jizzaxda "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvida qanday hakamlik qilgani malum. Menga "mahoratli hakamlarning barchasi Toshkentdan" deyishdi. Men ularga "marhamat, mahoratlilarning eng mahoratlisi boshqarsin" deb javob berdim.

"Paxtakor"da so'nggi paytlarda tartib-intizom nihoyatda bo'shashib ketganligi va murabbiylarfutbolchilarni tartibga chaqirish o'rniga martabali shaxslarni o'rtaga qo'yib, tartibbuzarlarni himoya qilayotganligi jurnalistlarni tashvishlantirayotganligi haqida Bahodir Ibrohimovga savol berildi.

- Federaciya xodimlariga, tartib-intizom qo'mitasi azolariga etirozim yo'q, - dedi u. - Ammo qoida buzding deb faqat futbolchilarni jazolamaslik kerak. Hakamlarning ham hatti-harakatiga qarash kerak. Futbolchilar masalasiga kelsak, men doimo ularni himoya qilganman, bundan keyin ham shundoq qolaman.
- Bugungi raqiblaringiz haqida qanday fikrdasiz!
YU. Sarkisyan: -
"Paxtakor" "Neftchi"ga nisbatan bir oz ustunlikka ega bo'ldi. Jamoada, ayniqsa, yarim himoya va hujum meni qoniqtirdi. Albatta, M. Qosimov, SH. Maqsudov va N. Hasanovlar alohida ajralib turishdi. Ular bugungi kunda respublikamizning eng kuchli futbolchilaridir. Aynan ana shu uch futbolchining mehnati tufayli maydon egalari zafar quchishdi.
B. Ibrohimov: -"Neftchi" mamlakatimizdagi eng kuchli jamoa. Buni tan olish kerak. Jamoaning barcha chiziqda bir xil o'ynashi menga yoqdi. Ayniqsa, yarim himoyachi Stepan Atoyanning harakatlari tahsinga loyiqdir. Hamkasbim Yuriy Vazgenovichni yaxshi jamoa tuzganligi bilan tabriklayman.
- Oliy ligada 16 jamoa ko'plik qilmaydimi? Bu haqda fikringiz qanday?
B. Ibrohimov:
Albatta, 10 yoki 12 jamoa ishtirokida to'rt davrali musobaqa uyushtirib, chempionat saviyasini ko'tarish mumkin. Lekin boshqa shahardagilar nima qilishadi? Odamlar nima bilan shug'ullanishadi? Axir bizning niyatimiz futbolni ommaviylashtirish emasmi? SHuning uchun jamoalarimizning qisqarishiga zaruriyat ko'rmayapman.
YU. Sarkisyan: — Oliy tabaqada jamoalar etarli. Kamaytirishning hojati yo'q.



3. XIDIROV yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика