So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  188 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

Moziyga qaytib... Qaror va ijro: AGAR “PAXTAKOR” CHEMPION BO'LOLMASA... Yangiliklar

Moziyga qaytib... Qaror va ijro: AGAR “PAXTAKOR” CHEMPION BO'LOLMASA...

Teglar :  Moziyga qaytib
1993 yilning 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori elon qilinishi mamlakatimiz futbolida tub burilish yasadi.

Qarorda yurtimizda futbolni rivojlantirish, uni iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun huquqiy asoslar belgilangandi. Afsuski, undan hamma ham foydalana bilmadi. Bugun ikki klub misolida ana shunday vaziyatni o'rganamiz.

Qaror va ijro: AGAR “PAXTAKOR” CHEMPION BO'LOLMASA...

(O'zbekiston futboli” gazetasining 1993 yil 29 sentyabr sonidan olingan)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risidagi qarori mart oyida matbuotda elon qilinishi bilan ko'pchilik "Paxtakor"ni muddatidan oldin chempion deb tahmin qildi. Buning sababi, qarorda "Paxtakor" komandasiga keng o'rin berilganligida edi. Uni bazi bandlarini yodga olaylik: 2-band. "O'zbekiston Respublikasi Davlat fizkultura va sport qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi bilan shu- ningdek, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi kengashi bilan birgalikda 1993 yilda "Paxtakor" komandasining, O'zbekistondagi boshqa terma va professsional futbol komandalarining maqomini tasdiqlasin".

6-band. "O'zbekiston Respublikasi Davlat fizkultura va sport qo'mitasi Respublika futbol federaciyasi bilan birgalikda "Paxtakor" komandasining ananalarini tiklash uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rsin, komandani yuqori malakali mutaxassislar va umidbaxsh futbolchilar bilan mustahkamlasin, "Qibray" talim-mashq kompleksi asosiy baza qilib belgilansin. 1993-1994 yillarda "Paxtakor" Markaziy stadioni, "Qibray" va "CHig'atoy" sport bazalari yaxshilab tamirlansin".

Qarorning ana shu bandlari yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi: komanda yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlandi, "Qibray" bazasi yaxshilab tamirlandi.

Lekin bu o'zgarishlar komandaga negadir... ijobiy tasir ko'rsatmadi. CHempionatning dastlabki 6 uchrashuvida 100 foiz ochko to'plagan "Paxtakor" birinchi davrani "Neftchi"dan ikki ochko kam holda yakunladi. Sentyabr oyida bu farq beshtaga etdi. Komanda o'yinchilari raqiblariga qo'pollikda, hakamlar bilan tortishuvda qolgan jamoalarga "dars" bera boshladilar. Namangandagi mag'lubiyat ana shu salbiy holatlarning mantiqiy yakuni bo'ldi.
Xo'sh, "Paxtakor"ga nima bo'ldi?

***

Avvalo shuni takidlash lozimki, "Paxtakor" hozirgi tarkibi bilan mamlakatdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, uning asosini mahalliy millat vakillari tashkil etishi quvonarli hol. Murod Aliev, Farhod Magomedov, Yorqin Nazarov, Hikmat Ergashev, Ilhom SHaripov, No'mon Hasanov, Abduqahhor Marufaliev, Mirjalol Qosimov, SHuhrat Maqsudov, Mahmud Sobirov, Sobir Xodiev... Axir ishqibozlar '‘Paxtakor"da ana shunday nomlarni ko'rishni o'n yillab orzu qilishgan edi-ku. Hozirgi murabbiylarning barchasi bir vaqtlar komandada futbolchi sifatida dovrug' qozonishgan. Eski muxlislar darvozabon Nikolay Lyubarcevning mahoratini, Bahodir Ibrohimov, Ahrol Inoyatov, Zafar Rasulovlarning o'ziga xos o'yinlarini hanuzgacha eslashadi. O'zbekiston milliy va Olimpiya komandalariga eng ko'p futbolchilar "Paxtakor" komandasidan jalb qilingan. Unda komandaga chempion bo'lish uchun nima etishmaydi?

Bu savolga birdan javob berish qiyin. Lekin ahvol jiddiy tahlil qilinsa, og'riq nuqtani topish mumkin. Buning uchun yil boshidan beri ro'y bergan o'zgarishlar eslansa, kifoya.

***

O'tgan yili respublika chempionatida bir yo'la qo'sh chempion elon qilinishi, ochig'i ko'pchilikni qoniqtirmadi. Mamlakatda eng kuchli komanda.qaysi ekanligini isbotlash bu yilgi birinchilikka qoldirildi. Odatda, g'olib komanda tarkibini o'zgartirmaydi. Ammo Moskvaga - Hamdo'stlik mamlakatlari chempionlari turniriga "Paxtakor" yangi rahbarlar bilan jo'nab ketdi. Ahrol Inoyatovning bosh murabbiylikdan ketishi ko'pchilikni taajjublantirdi. "CHet elga ketarmish..." Qiziqqanlarga faqat shunday javob qaytarishdi. "Paxtakor"ga Ahmad Ubaydullaev komanda boshlig'i, Rustam Mirsodiqov bosh murabbiy, Bahodir Nosirov esa texnik direktor etib tayinlandi. Moskvaga komanda bilan xorijdan qaytgan Mirjalol Qosimov ham jo'nab ketdi.

U turnirda chiroyli o'yinlari bilan ko'pchilik diqqatini o'ziga jalb qildi. O'sha paytda chempionlar o'rtasidagi uchrashuvlarni ko'plab xorijiy mutaxassislar kuzatishgandi. Ularning bazilari Mirjalolni o'z klublariga taklif qilishdi.

Mirjalol Toshkentga qaytdi-yu, boshi qotdi. Kuni-kecha uni o'zbek futbolchilari orasida yagona jahon va Ovro'po chempioni sifatida ardoqlab, u bilan g'ururlanganlar uni sotqinlikda ayblashgacha borib etishdi. O'sha paytlari yosh futbolchi unga qaratilgan tana va etirozlarni ruhiy jihatdan ko'tarolmadi. Ispaniyaga birmuncha kechikib bordi, natijada yana ortga qaytdi. Vaqtincha "Paxtakor"da o'ynashga rozilik berdi, bu esa klub rahbarlarini qoniqtirmadi. Xullas, uch oylar chamasi u vaqtini sarson-sargardonlikda o'tkazdi. Bu orada "Paxtakor" uch ochko yo'qotdi. Agar Mirjalol o'ynaganida ehtimol o'sha yo'qotishlar bo'lmasdi.

***

Futbolni yanzda rivojlantirish to'g'risidagi qarorda '‘Paxtakor"ni yuqori mutaxassislar bilan mustahkamlash vazifasi qo'yildi. Tayinlanganiga ikki oy o'tmasdan Mirsodiqov-Ubaydullaev-Nosirov uchligi "o'z xohishiga ko'ra" ishdan ketishdi. Biz ularning qanday murabbiy edi-yu, nega bo'shatilgani haqida mulohaza yuritmoqchi emasmiz. Buni bizdan ko'ra mutasaddilar yaxshi bilishadi. Etiboringizni faqat natijaga qaratmoqchimiz xolos: yuqoridagi uchlik rahbarligida "Paxtakor" chempionatda ketma-ket olti marta g'alaba qozondi, shu jumladan o'tgan mavsumdagi bronza medali sovrindori "So'g'diena"ni Jizzaxda dog'da qoldirdi. So'ngra safarga yordamchi murabbiy Lyubarcev boshchiligida ketgan "Paxtakor" u erdan 4 imkoniyatdan 1 ochko olib qaytdi. To'g'ri, raqiblar ham kuchli bo'lib, "Navro'z" va "Neftchi" o'z maydonlarida kamdan-kam ochko yo'qotishadi. Biroq "Paxtakor"da muhit o'zgargan edi.

Bosh murabbiy o'rni ko'p bo'sh turmadi. Bu lavozimga taniqli mutaxassis, xorijda faoliyat ko'rsatib qaytgan Bahodir Ibrohimov tayinlandi. Afsuski, kutilmaganda uning ish boshlashi qiyin kechdi. Boshida ko'pchilik futbolchilar unga qarshi chiqishdi. Faqat uchinchi yig'ilishdan so'nggina ular qo'l siltab qo'ya qolishdi. O'sha paytda futbolchilar bilan suhbatlashganmizda, ular Bahodir akaga hech qanday etirozlari yo'qligini, faqat murabbiylarning tez-tez almashinuvi ularni bezor qilganini aytishgandi. To'g'ri-da, "Paxtakor"ning 37 yillik tarixida "bor-yo'g'i" 26 murabbiy almashgan bo'lsa, Ibrohimov so'nggi 8 yil ichida 8chi bosh murabbiy edi!

Oradan birmuncha vaqt o'tgach, komanda boshlig'i lavozimiga chet elga ketmagan (balki ketolmagandir) Ahrol Inoyatov taklif qilindi. Ikkinchi davra arafasida esa komanda murabbiyligiga yana bir sobiq paxtakorchi Zafar Rasulov qabul qilindi.

Klub rahbariyatida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Uni Toshkent shahar hokimiyati o'z qo'liga oldi. SHahar hokimi Adhambek Fozilbekov "Paxtakor" klubiga faxriy rais, hokim o'rinbosari SHuhrat Jalilov rais etib saylandi. Lekin ular klubga rahbarlikni jamoatchilik asosida olib borishar, maosh olib ishlaydigan rahbar - klub raisining birinchi o'rinbosari David Berlin edi. Birinchi davra yakunlanmasdan Berlin xam o'z vazifasidan bo'shadi. Bu lavozimga bir vaqtlar respublika sport qo'mitasida xorijiy bo'limni boshqargan Ahror Azimov tayinlandi.

***

Rahbarlarning tez-tez almashinuvi eng muhim narsa - futbolchilar bilan shartnoma imzolashni keyinga suraverdi. O'zi chempionat Nizomiga ko'ra, klub bilan kontrakt tuzmagan futbolchi musobaqaga qo'yilmasligi kerak edi. Ammo "Paxtakor" uchun istisno tariqasida ruxsat berildi. CHunki klubning sobiq boshlig'i D. Berlin kontraktlar nusxasini takdim etish muddatini keyinga surishni so'rab respublika futbol federaciyasiga 3 marta rasmiy ravishda murojaat qilgandi.

Birinchi marta kontrakt haqida Kechinov "Spartak"ka qochib ketgach, baralla aytildi. Dastlab bizga "Kechinovning ketishi qoidaga zid, u baribir "Spartak"da o'ynamaydi, chunki biz FIFA va UEFA ga murojaat qilamiz" degan fikrni singdirishdi. Biroq, Kechinov baribir “Spartak"da maydonga tushdi. Buning sababini esa keyin bildik - malum bo'lishicha, Valeriy "Paxtakor" bilan hech qanday kontrakt imzolamagan ekan! Mamlakatning o'tgan yilgi eng yaxshi o'yinchisi va to'puraridan shu tariqa ajralib qolaverdik.

Kechinov bahonasida kontraktlar masalasi eng dolzarb mavzuga aylandi. Malum bo'lishicha "Paxtakor" klubi nafaqat Kechinov, balki yana bir necha o'yinchi bilan kontrakt tuzmagan ekan. Buni bilgan boshqa komandalarning rahbarlari qoidaga rioya etilishini, kontrakti yo'q futbolchilar musobaqaga qo'yilmasligini talab eta boshladilar. Nihoyat respublika futbol federaciyasining bir qancha so'rovidan keyin, ikkinchi davra boshlanishiga bir kun qolganda komanda boshlig'i A. Inoyatov futbolchilar bilan imzolangan kontraktlar nusxasini federaciyaga eltib berdi. Bir-ikki o'yinchini hisobga olmaganda paxtakorchilarning ko'pchiligi klub bilan faqat shu mavsum oxirigacha kontrakt tuzgan. Bu - mavsum oxirida barcha etakchi futbolchilar xoxlagan tomoniga ketishi mumkin degani ekanligini anglatadi. Ana sizga "Paxtakor" komandasining ananalarini tiklash uchun zarur chora-tadbirlarning ko'rilishi!

***

SHu kungacha klub bilan kontrakt imzolamagan ikki futbolchi qoldi - Mirjalol Qosimov va Dilmurod Nazarov. Dilmurod-ku hali yosh, asosiy tarkibdan joy olganicha yo'q, lekin Mirjalol masalasi bizni qattiq tashvishlantiradi. U nega kontraktga qo'l qo'ymagani malum - talab qilgan shart-sharoitga klub ko'nmayapti. Hamma qatori maosh olishga esa Mirjalol rozi bo'lolmaydi — ota-onasining yolg'iz o'g'li, turmush o'rtog'i uy bekasi: yana ikki farzandi bor, xullas oila tebratish uning zimmasiga tushgan. O'yin darajasi u bilan teng eki undan pastroq o'nlab futbolchilar (Pyatnickiy, Kechinov, Denisov, SHkvirin, Sinelobov, Xolmirzaev, Bilolov va boshqalar) unga nisbatan bir necha baravar yuqori maosh (yana valyutada ) olmokdalar. U esa kecha maktabni tugallagan o'yinchilar bilan bir xil maosh olishi kerak. Bu masalada "Paxtakor" rahbarlari bilan suhbatlashib, qarama- qarshilikning guvohi bo'ldik. O'tmishda o'zi ham futbol o'ynagan, hozirda murabbiy bo'lib ishlaetganlar "Mirjalol bizga suv bilan havodek zarur, u talab qilgan sharoitni yaratib berish kerak" deyishsa, klub rahbarlari "u keragidan ortiqcha so'rayapti, odam insofli bo'lishi lozim" qabilida fikr bildirishyapti.

Xorijda kuchli futbolchilarni keragidan ortiqcha ezozlashadi, chunki klub shu futbolchilar hisobiga boyiydi. Agar ular shu komandaga o'ynasalar, demak, ochkolar ko'payadi, sevimli futbolchilarini ko'rish uchun stadionga muxlislarning kelishi ortadi. Bordi-yu, klubning moliyaviy ahvoli og'irlashsa, "yulduz"lardan bazilarini katta pul evaziga "sotib" ahvol o'nglab olinadi. "Paxtakor" klubi esa Mirjalol Qosimov bilan na unisini qildi, na bunisini. Vaholanki, murabbiylar biror uchrashuvga komandani Mirjalolsiz tushirishni tassavvur ham qila olmaydilar. Uning bir o'zi uchrashuv takdirini hal etishi mumkinligini ko'pchiligimiz yaxshi bilamiz. Lekin... hozircha undan faqat foydalanilyapti - kontrakt tuzilmagan, demak majburiyat yo'q. Agar "Paxtakor" yutsa - u ham boshqalar qatorida mukofot puli oladi, mag'lub bo'lsa - hech vaqo. Agar erta-indin u jiddiy jarohat olsa—chi?!

***

"Paxtakor" klubi nega Kechinov va Qosimovlar bilan kontrakt tuzmadi, xohlamagandanmi yoki imkoni yo'qligidan? Menimcha, ikkinchisi. CHunki -qlubninng hozirgi moliyaviy ahvoli havas qiladigan darajada emas.

Mavsum boshlanishidan oldin shahar hokimiyati yirik korxonalar rahbarlari ishtirokida "Paxtakor" klubiga har tomonlama yordam berish lozimligi haqida fikr bildirib, katta yig'in o'tkazgan edi. Bu yig'inda "Paxtakor" klubiga bir emas, 7 tashkilot homiylik qiladigan bo'ldi - tag'in qandaylari: shahar hokimiyati, "Toshkent-kotton" qo'shma korxonasi, Qishloq xo'jalik vazirligi, "Malika" trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi, "O'zbekgaz" birlashmasi, Engil sanoat vazirligi va "O'zbekpaxtataminot" birlashmasi. Bundan tashqari 7 korxona klubning jamoa azolari bo'lishdi, klub shuningdek shahardagi 11 ta hokimiyatlikka biriktirildi. O'sha paytda ular birgalikda "Paxtakor" klubi hisobiga 100 million so'm atrofida pul o'tkazishlari kerak edi. Ammo vaqt o'tgan sari ularning ko'pchiligi o'z-o'zidan tinchib ketdi. Har safar futbolchilarga oylik maosh yoki mukofot pul berish lozim bo'lsa, klub rahbarlari ro'yxatdagi tashkilotlarga yugurib keladilar...

***

Futbolchilarga maosh uchun zo'rg'a mablag' topib berayotgan klub ular bilan qanday kontrakt tuzishi mumkin? Kontrakt bo'lmagach esa, o'yinchilarda masuliyat bo'lmaydi. Ular bemalol mashg'ulot qo'yib yuborishi yoki yig'inga kelmasligi mumkin. O'z-o'zidan tartib-intizom ishdan chiqadi. Bahodir Ibrohimov bosh murabbiy etib tayinlanganida men hamma sharoitni qilib beraman deb vada bergan edi. O'shanda tajribali futbolchilardan bir nechtasi "vada berishga shoshilmang, sizdan avvalgilari ham xuddi sizdek vada berishgan" deb shama qilishgandi. Baxtga qarshi vaqt o'tib, ular haq bo'lib chikdilar. Agar sharoit yaratilganda-ku, natijani qanday talab qilishni Bahodir aka yaxshi bilardi...

Komanda boshlig'i A. Inoyatov ham shunday ahvolda. Komandada tarbiyaviy ishlar uchun u masul . "Paxtakor" esa tartib-intizomni buzishda boshqa komandalarga nisbatan ancha ilgarilab ketgan. CHet elda qiziqqon futbolchilarga shunday jarima solinadiki, o'sha o'yinchi yana qayta "kartochka olishga" bezillab turadi. Bizda o'zi zo'rg'a ushlab turilgan o'yinchilarga jarima solishdan murabbiylarning o'zlari bezillab turishadi.

"Paxtakor" bu yil chempion bo'lolmasligi bizni ajablantirmaydi. Tashkiliy ishlarni qoyilmaqom qilib uddalagan "Neftchi" haqiqiy manoda g'olib bo'lishga arziydi. Lekin eng nomdor komandamiz hisoblangan “Paxtakor"ning bunday holga tushishi ko'pchilikni ranjitmoqda. Qolaversa, respublikamizda futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risidagi qarorda “Paxtakor"ning shonli ananalarini tiklash, uni dovrug'li komandaga aylantirish vazifasi qo'yilgandi-ku. Bizningcha, komanda ichidan emirilayotganga o'xshaydi. Buning oldi olinmasa kech bo'ladi.


Abror IMOMXO'JAEV.


...“SURXON” ESA OLIY LIGAGA QAYTOLMASA – BIZ AJABLANMAYMIZ

Milliy chempionat o'yinlarini kuzatar ekanman, “Surxon“ kuchli jamoalar safida to'p surmayotganligidan achinib ketaman. Nazarimda faqat men emas, ko'pchilik bu haqda o'ylayotgan bo'lsa kerak. Aslida “Surxon“ hozir oliy liga peshqadamlari safida bo'lishi mumkin edi. Agar uning futbol maktabidan chiqqan istedodlari o'z viloyatlarini tark etishmaganda. Bugungi Surxondaryo futbolchilarini respublikamiz va boshqa mamlakatlar jamoalarida uchratish mumkin. Buning asosiy sababi - “Surxon“ning iqtisodiy jihatdan etiborsiz qoldirilib kelinayotganida.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to'grisidagi qarori tufayli og'ir ahvolda qolgan jamoalar o'z qadlarini tiklamoqdalar. Joylarda amaliy ishga kirishildi va bu o'z samarasini berayotir.

Termizda ham qarorga muvofiq klub tuzildi, hisob raqami ochildi. Jamoa rahbarlari, murabbiylar o'z vazifalarini bajarishyapti. Lekin komanda asosiy muammolaridan qutulganicha yo'q. Hanuzgacha komandaning o'z qarorgohi (baza) yo'q. Bir qancha yugur-yugurlardan so'ng ajratilgan eski avtobusning yurganidan buzuq kunlari ko'p. Futbolchilar safar uchrashuvlariga poezdda borib kelishga majbur bo'layaptilar. Ana shular tufayli barcha komandalar qoshida tuzilgan, hozirda saralash uchrashuvlarini yakunlab, Namanganda final bahslarida to'p surayotgan o'rinbosarlar jamoasi “Surxon“da tuzilmadi. Negaki, futbolchilarga kamida ikkita murabbiy, transport, do'xtir va hokazolar kerak. Turgan gapki, klubning bunga qurbi etmaydi.

Ustiga-ustak jamoaning qarzi kundan-kunga “bolalab“ borayapti. Mavsum boshidan buyon berilgan vadalarning birortasi ham bajarilmadi, hisob. Yaxshiyamki, futbolchilarning baxtiga Termizdagi “Kurash“ firmasi, viloyat “Neftmaxsulot" korxonasi hamda shahar solik inspekciyasi bor ekan. Xozircha jamoa yuqoridagi tashkilotlarning yordamlari tufayli bir amallab kun kechirmoqda.
- Bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz mumkin edi, - deydi jamoa boshlig'i Klim Gerfanov. - Yigitlarga maoshlarini vaqtida berolmaganimiz uchun (futbolchilar ikki oylab maosh olishmagan, mukofot haqida gapirmasa ham bo'ladi) birinchi davraning oxirigi o'yinlarini bo'sh o'tkazdik. Hozir barcha imkoniyatlarni ishga solib, futbolchildrga oyliklarcni vaqtida berish va safardagi o'yinlarga muddatida etib borishga harakat qilayapmiz. Aks holda ko'zlangan marraga etishimiz qiyin.

Jamoa boshlig'ining gaplarini tinglab, uning shogirdlariga hurmatim oshdi. CHunki ular professionallarga o'xshab, maxsus qarorgohlarda mashg'ulot o'tkazishmaydi, alohida oshxona, dam olish maskanlari ham yo'q. Lekin ular yashab turgan shaharlari shon-shuhratini munosib himoya qilishmoqda. Ushbu qiyinchiliklar o'tkinchiligini, vaqti kelib vohada sportga, ayniqsa futbolga etibor berilishini, mutasaddilar, rahbarlar vadabozlikdan amaliy ishga o'tishlariga umidvorlar.

O'tgan mavsumda etakchi futbolchilar jamoani tark etishgach, “Surxon" qaytadan tuzildi. Bugun uning tarkibini asosan yoshlar tashkil etadi. B. Bozorov, SH. Xo'jaqulov, A. Maksakov kabi jamoa faxriylari, R. Do'rmonov, A. Bozorov, V. Boychuk, M. Sayfiev, R. Asqarov kabi yoshlar bilan “Surxon“ning avvalgi mavqeini tiklash maqsadida to'p surishmoqda. To'g'ri, ularga ham ko'p joylardan “sovchi“lar chiqishdi. Akalariga o'xshab yog'li joylarga ketishi mumkin edi. Ammo ular bu yo'ldan voz kechishdi. CHunki ularning hammasi mahalliy yigitlar.

Ha, jamoa oliy maqsad - kuchlilar safiga qaytishga harakat qilmoqda. Ammo jamoa bugungi kunda homiysiz uzoqqa borolmasligi aniq. Viloyatda 14 ta tuman, qanchadan-qancha zavod, fabrika va korxonalar bor. Nahotki ularning boshini qovushtirib, voha obro'yi uchun yashil maydonlarda ter to'kayotgan jamoani qo'llab-quvvatlaydiganlar topilmasa? Yo'q, topiladi. Topilmasa, “Surxon" oliy ligaga qaytolmasligi mumkin. Qaytolmasa ajablanishga o'rin yo'q.


Zarifjon XIDIROV.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика