Mourinyu: "Biz "Roma"ning ashaddiy muxlislariga rahmat aytishimiz kerak"
15 may 2022 20:29
Yangiliklar
Mourinyu: "Biz "Roma"ning ashaddiy muxlislariga rahmat aytishimiz kerak"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Feyenoord"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi finali oldidan fikrlarini bildirdi.
"Muxlislarga rahmat aytishga harakat qilishimiz kerak. Bizda kubokni yutish imkoniyati hali ham bor. Agar yutuqqa erishsak, jamoa bunga loyiq edi, deb aytaman, lekin bunga muxlislarimiz bizdan ko'ra ko'proq munosib. Konferenciya Ligasida g'alaba qozonish ishtiyoq nuqtai nazaridan "Milan" yoki "Inter" uchun Skudettodan ko'ra ko'proq narsani anglatadi. "Roma"ning chindan ham o'ziga xos muxlislari bor", – dedi Mourinyu.
"Roma" va "Feenoord" o'rtasidagi Konferenciya Ligasi final uchrashuvi 25 may kuni Albaniya poytaxti Tiranada bo'lib o'tadi.
Fikrlar