Mourino: "Barselona"dan Neymarni xarid qilishning iloji yo'q"
30 mar 2017 11:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/246726_original.jpg)
![](/upload/storage/246726_220.jpg)
Mourino: "Barselona"dan Neymarni xarid qilishning iloji yo'q"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Barselona"dan Neymarni sotib olishning imkoni yo'qligini aytdi.
"Neymarni xarid qilish - absurd. "Barselona"dek klub undan ayrilmaydi.
Lionel Messi hali yosh va faoliyatida ajoyib damlar kutib turibdi, biroq u 30 yoshga to'lyapti. Neymar Lioneldan so'ng "Barselona"ning asosiy yulduziga aylanadi. Neymar bilan shartnoma tuzish bank seyfiga kirish bilan teng. Iloji yo'q" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar