"Mixed zone". Qatar futbolchisi Ahmad Suhail: "Ortiqcha izohga hojat yo'q"
08 iyu 2022 09:55
Yangiliklar
"Mixed zone". Qatar futbolchisi Ahmad Suhail: "Ortiqcha izohga hojat yo'q"
U-23 Osiyo chempionati uchinchi turida Turkmaniston bilan durang o'ynagan Qatar musobaqa bilan xayrlashdi.
Kechagi uchrashuvdan so'ng odatdagidek mikst-zonada futbolchilarning fikrlarini tingladik.
Ahmad Suhail (Qatar futbolchisi) - Turkmanistonni g'alaba bilan tabriklayman. Bizga omad etishmadi. O'yinga ortiqcha izoh berishning xojati yo'q. Hammasi malum. Biz musobaqani tark etdik. Ikki goldan keyin bo'shashdik. Ular oddiy vaziyatdan gol urib ketishdi. Bu - futbol.
Botir Galiev (Turkmaniston darvozaboni) - Ortimizda butun Turkmaniston turganini his qildik. Bu bizga qo'shimcha kuch berdi. Eron ham, Qatar ham kuchli jamoalar edi. Bizga hech kim ishonmagandi. Muxlislarimizning daldasidan xursandmiz. Keyingi bosqichda munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Hech kim mag'lubiyat uchun o'ynamaydi. G'alaba uchun maydonga chiqamiz
Fikrlar