So’nggi yangiliklar

17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2

"Mister Iks", terma jamoa va U-23 Osiyo kubogi haqida" - Azamat Abduraimov Yangiliklar

"Mister Iks", terma jamoa va U-23 Osiyo kubogi haqida" - Azamat Abduraimov

O'zbekiston milliy terma jamoasining SHri-Lankaga qarshi uchrashuvidan so'ng turli fikr va mulohazalar yangramoqda.

Kecha tajribali murabbiy Dilshod Nuraliev mutaxassis sifatida o'yin haqidagi taassurotlari bilan bo'lishgan bo'lsa, bugun yana bir murabbiy Azamat Abduraimovga yuzlandik.

- O'zbekiston SHri Lanka uchrashuvini ko'rdingizmi? O'yin haqida fikringiz?

- Ha, terma jamoamizning Namangandagi o'yinini ko'rdim. Barchamiz yani muxlislar, mutaxassislar anchadan beri jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarini kuzatmagan edik. Futbolchilarimiz tomonidan amalga oshirilgan turli kombinaciyalar, gollarni ko'rib zavqlandik. Muxlislar stadionda tribunalarni to'ldirib ajoyib qo'llab-quvvatlashdi, deb o'ylayman. Men o'z vaqtida "Navbahor"da o'ynaganman, bu erda futbolni qanchalik sevishlarini bilaman. O'yin ikki tomonlama taassurot qoldirdi. Bir tomondan 3:0 hisobidagi g'alaba. Boshqa tomondan o'yindan ham, natijadan ham qoniqish hosil qilmadim. SHri-Lanka kabi kuchsiz raqib bilan o'yin sifati va ko'rsatkichi ancha yaxshi bo'lishi kerak edi. Bunday jamoalarni ikki karra ko'proq hisob bilan yutish kerak. O'n yil oldin biz Osiyoda etakchilar qatorida edik. Ammo Qatardagi Jahon chempionati saralashida Abramovning jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach kuchli o'ntalikdan ham ortda qolganimiz rost.Yangi murabbiyning faoliyati hozircha hozircha ish bermayapti. Lekin Katanec tajribali, evropacha mentalitetga ega, o'z qarashi va taktikasiga ega murabbiy. U terma jamoa bilan birinchi kun ishlayotgani yo'q. U futbolchilar, chempionatimiz bilan atroflicha tanishishga ulgurdi. O'FA va futbol jamoatchiligi tomonidan hech qanday bosim bo'lmadi, deya olaman. Terma jamoaga hujumkor futbolni singdirishiga umid qilaman. Murabbiyga o'zini ko'rsatishi, jamoa shakllantirishi uchun vaqt va imkoniyat berish kerakligini doim aytib kelganman. SHri-Lanka bilan o'yin futbolchilarimizning barcha imkoniyatlarini ochib berdi deyish qiyin.

- U-23 terma jamoamiz Iroqni yuta oladimi?

- Mazkur yosh toifasidagi Osiyo chempionati o'yinlarini diqqat bilan kuzatib boryapman. Jamoamiz Iroq termasini mag'lub etishi shart. Tarkib va guruh bosqichidagi o'yinlari bo'yicha iroqliklardan yuqoridamiz. Aytishim kerakki, chorak finalda raqib borasida omadimiz keldi. Janubiy Koreya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv final maqomiga munosibdir. SHu o'rinda Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnatini alohida takidlab o'tmoqchiman. Jamoa hujumkor uslubga yo'naltirilgan, eng yaxshi yosh iqtidorlarimiz jalb qilingan, o'ziga hos uslubga va etakchilariga ega. Albatta buning uchun o'tgan yili olimpiya terma jamoasini tuzgan O'FA va MOQga ham rahmat aytib o'tish darkor. Bu to'g'ri qaror edi. Biroq bundan buyon bo'shashimiz kerak emas. Men o'z tajribamdan aytaman, kuchli raqib bilan doim maksimum o'ynash mumkin. Biroq kuchsiz raqiblar bilan uchrashuvlarda o'ziga hos shavqatsiz sovg'alar uchrab turadi. G'alaba bizda, deb ayta olmayman. Bu ruhiyat. Kapadze o'yin uchun to'g'ri taktik rejani tanlashi va futbolchilarni ruhiy tomondan tayyorlashi talab qilinadi. Jamoamiz finalda o'ynashi kerak, deb hisoblayman.

- Championat.asia saytidagi mashhur "Mister Iks" sizmi?

- Yo'q. Men "Mister Iks" emasman. Nimadir aytadigan bo'lsam, niqob kiymayman. Yuzimni berkitmayman. CHunki futbolda o'z nomimga egaman. Men uni yillar davomida orttirganman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi






Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика