"Milan" "Tottenxem" futbolchisini sotib olishi mumkin
23 sen 2019 13:01
Yangiliklar
"Milan" "Tottenxem" futbolchisini sotib olishi mumkin
Italiyaning "Milan" klubi "Tottenxem" himoyachisi Serj Oreni sotib olishi mumkin.
Futbolchi hozirda londonliklar tarkibida asosiy tarkibda joy ololmayapti.
26 yoshli futbolchi faoliyatini "Lans"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ore "shporlar" safiga PSJdan 2017 yilda o'tgan. Undan oldin esa 2012-2015 yillar davomida "Tuluza"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2013 yildan buyon Kot-d'Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar