Myuller futboldagi transfer narxlarini tanqid qildi
03 iyu 2025 17:53
Yangiliklar
Myuller futboldagi transfer narxlarini tanqid qildi
"Bavariya" faxriysi Tomas Myuller hozirgi transfer voqeliklari haqida fikr bildirdi va o'yinchilarning transferlari uchun katta tovon pullari maqsadga muvofiq emasligini takidladi.
"CBS Sports" telekanaliga bergan intervyusida u bunday miqdorlar haqiqatdan yiroq ko'rinishini qayd etdi.
"150 mln evro nima? Bu syurreal. Bu shunchaki klublar o'rtasidagi raqam. 150 mln evro nimani anglatishini kim tasavvur qila oladi? Bu pulga Neymarni ololmaysiz, lekin ko'plab daraxtlar ekishingiz mumkin. 150 mln evro nimani anglatishini qanday baholashingiz mumkin? 150 mln evroga juda yaxshi narsalarni olishingiz mumkin", – dedi Myuller.
2017 yilda braziliyalik hujumchi Neymar transfer qiymati bo'yicha rekord o'rnatgandi: PSJ uning transferi uchun "Barselona"ga 222 mln evro to'lagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar