Myuller futboldagi transfer narxlarini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025
"Bavariya" faxriysi Tomas Myuller hozirgi transfer voqeliklari haqida fikr bildirdi va o'yinchilarning transferlari uchun katta tovon pullari maqsadga muvofiq emasligini ta'kidladi.

"CBS Sports" telekanaliga bergan intervyusida u bunday miqdorlar haqiqatdan yiroq ko'rinishini qayd etdi.

"150 mln evro nima? Bu syurreal. Bu shunchaki klublar o'rtasidagi raqam. 150 mln evro nimani anglatishini kim tasavvur qila oladi? Bu pulga Neymarni ololmaysiz, lekin ko'plab daraxtlar ekishingiz mumkin. 150 mln evro nimani anglatishini qanday baholashingiz mumkin? 150 mln evroga juda yaxshi narsalarni olishingiz mumkin", – dedi Myuller.

2017 yilda braziliyalik hujumchi Neymar transfer qiymati bo'yicha rekord o'rnatgandi: PSJ uning transferi uchun "Barselona"ga 222 mln evro to'lagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports