"Vest Hem" moliyaviy feyr-pley sabab Kudusni "Tottenxem"ga arzonroqqa sotishi mumkin
01 iyu 22:45
Yangiliklar


"Vest Hem" moliyaviy feyr-pley sabab Kudusni "Tottenxem"ga arzonroqqa sotishi mumkin
"Tottenxem" Muhammad Kudusni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
"Shporlar" "Vest Hem" futbolchisini ustuvor maqsad sifatida belgilagan va uni APL klublari uchun iyul oyining dastlabki o'n kunida kuchga kiradigan 85 million funtlik to'lov summasidan arzonroqqa sotib olish mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Premer-liganing daromadlilik va barqarorlik qoidalariga rioya qilish zarurati "Vest Hem"ni Kudusni sotishga undashi mumkin. Taxminlarga ko'ra, bitim taxminan 60 million funt atrofida tuzilishi mumkin.
Shuningdek, Kudusga "Chelsi", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Kudus o'tgan APL mavsumida 32 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar