"Vest Xem" "Ayaks" yetakchilaridan birini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
18 avg 2023
"Ayaks" va Gana yarim himoyachisi Muhammad Kudus faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, London klubi Amstyerdamda va muzokaralar o'tkazmoqda. Transfer summasi 40 million funtni tashkil qilishi kutilmoqda.

Kudus "Ayaks" safida 2020 yil iyul oyidan buyon to'p tepadi. O'tgan mavsum u 42 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma etkazib berdi. 23 yoshli futbolchining "Ayaks" bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali uning transferini 40 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theguardian.com