

Sky Sports nashrining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi "Yunayted" uchun chap qanot hujumchisi roliga bosh nomzod bo'lib turibdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, MYUda ushbu poziciyaga futbolchi sotib olish bilan bog'liq vaziyat hozircha noaniqligicha qolmoqda. Bo'lajak kelishuv shu yozda "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga qaytgan hujumchi Markus Reshford bilan nima sodir bo'lishiga bog'liq.
"Vest Xem" mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasidan tushib ketdi. Avvalroq jamoani yarim himoyachi Mateush Fernandesh tark etib, "Tottenxem"ga o'tgan edi.




