Ansu Fati: "Barselona"dan doimo minnatdorman"
03 iyu 21:50
Yangiliklar


Ansu Fati: "Barselona"dan doimo minnatdorman"
Ansu Fati "Barselona"dan "Monako"ga o'tishi haqila gapirdi.
"Barselona" haqida
"To'g'risini aytsam, o'zgarishlar doimo yaxshilikka bo'lishi kerak. Ushbu mavsum shu erda bo'laman, lekin meni o'stirgan, menga katta tajriba bergan klubimga minnatdorlik bildiraman. Garchi ko'pchilik uchun bu yomon bo'lsa-da, men katta tajriba oldim.
Bu rost, barchasini yaxshi boshlagandim. Keyin jarohat oldim va barqarorlikni yo'qotdim. Umid qilamanki, bu erda barchasi boshqacha bo'ladi. Men yana barqarorlikka erishaman va ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'laman".
"Monako" haqida
"Bu erda bo'lishdan mamnunman. Menga ishonch bildirgani uchun "Monako"ga rahmat aytaman. Bu erda men o'zimni baxtli his qilyapman. Yangicha chaqiruvni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Fati taqdimot marosimida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar