Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi, Shomurodovdan gol!
17 jan 21:03
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi, Shomurodovdan gol!
Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi. O'yinda to'p kiritgan Shomurodov 89-daqiqada, Fayzullaev esa 57-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi 45-daqiqada sariq kartochka oldi.
O'yinning 15-daqiqasida mezbonlar etakchisi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Mehmonlardan David Datro Fofana 75-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo, o'yin tugashiga oz qolganda, aniqrog'i 87-daqiqada Umar Ali Shaxiner ajoyib harakatlar bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi.
“Istanbul Bashakshexir” 18 o'yindan so'ng 26 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda, “Fatih Karagyumryuk” esa 18 o'yindan so'ng 9 ochko bilan so'nggi, 18-o'rinda bormoqda.
Eldor Shomurodov 13 gol bilan Turkiya Superligasi to'purarlar jadvalini boshqarmoqda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Live