Kechagi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Istanbul Bashakshexir" ustozi nimalar dedi?
15 mar 09:14
Yangiliklar
Kechagi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Istanbul Bashakshexir" ustozi nimalar dedi?
"Istanbul Bashakshexir" bosh murabbiyi Nuri Shahin "Galatasaroy"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi taym biz xohlaganimizdek o'tdi. Biz shunday atmosfera va shunday formada "Galatasaroy"ni darvozamizga yaqinlashtirmaslikka harakat qildik. Ular hujum zonasida yaxshi pressing qilishdi. Ikkinchi taymda boshida olgan ikkita sariq kartochkamiz bizni kam sonli qoldirdi, keyin darhol gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin maydonda xohlagan o'yinimizni ko'rsata olmadik. O'yindan oldin aytgandim: bunday o'yinlarda g'alaba qozonmoqchi bo'lsang, vaziyatlarni to'g'ri ishlatish kerak. Raqib juda kuchli jamoa. O'n kishi bilan o'ynab, xohlagan natijani ko'rsata olmadik. Bu o'yinni unutib, oldinga qaraymiz. Bugungi o'yin bilan "Galatasaray"ni tabriklayman", - deb fikr bildirdi Shahin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar