"Real" kutilmagan transferga tayyorlanmoqda
16 mar 11:58
Yangiliklar
"Real" kutilmagan transferga tayyorlanmoqda
Madridning "Real" jamoasi o'z hujum chizig'ini kuchaytirish istagida "Galatasaroy" azosi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Haberler" malumotlariga ko'ra, klub nigeriyalik hujumchi uchun 80 dan 110 million evrogacha taklif tayyorlab qo'ygan.
Xabarda aytilishicha, Osimxen "qaymoqranglilar"ning transfer ro'yxatidagi asosiy ustuvorliklardan biri hisoblanadi. Klub prezidenti Florentino Peres bu transferni ijobiy baholaydi va hujumchini kelasi mavsum uchun asosiy maqsad deb biladi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli hujumchi "Napoli"dan 75 million evroga "Galatasaroy"ga o'tgan va jamoada asosiy shaxsga aylangan. U ushbu mavsum istanbulliklar tarkibida 27 o'yinda 18 ta gol urdi va 7 ta samarali uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar