Runi Kerrik haqida qanday fikrda?
16 mar 19:30
Yangiliklar
Runi Kerrik haqida qanday fikrda?
Yanvarda Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ni mavsum oxirigacha vaqtincha boshqaruvchi sifatida qabul qilib oldi.
Shundan beri "qizil iblislar" Premer-ligada 9 o'yinda 7 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi. "Qizil iblislar"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Kerrik jamoani uzoq muddat boshqarishini xohlamoqda.
"Bu ish 100% Kerrikka berilishi kerak. Men uning bunga qodirligini bilardim. Uni juda yaxshi bilaman. Xarakteridan, shaxsiyatidan xabardorman. MYUga aqlli inson kerak edi, klub va futbolchilarni yaxshi bilgan, ularga etibor va g'amxo'rlik ko'rsata oladigan kishi. Biz jamoa birikkani va juda kuchli bo'lganini ko'ryapmiz. Nega nimadir o'zgartirish kerak?", – dedi Runi.
"Manchester Yunayted" APL musobaqa jadvalida 3-o'rinda turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar