Rodri: "Biz kurashni davom ettiramiz"
16 mar 14:56
Yangiliklar
Rodri: "Biz kurashni davom ettiramiz"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Vest Xem" bilan durangdan (1:1) so'ng jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
APLning 30-tur uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.
"Biz qo'lni tushirmoqchi emasmiz, kurashni davom ettiramiz. Bu qiyin bo'lishini bilamiz, chunki tajribaga egamiz va g'alaba uchun nima kerakligini bilamiz. Albatta, farq katta, ammo biz oxirigacha kurashamiz", – dedi Rodri.
"Shaharliklar" 30 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida 61 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. "Arsenal" bilan oradagi farq 9 ochko, ammo "kanonirlar"da bir o'yin ko'p.
Shuningdek, 22 mart kuni "Arsenal" va "Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi finalida to'qnash keladi, 19 aprel kuni esa 33-turda "Etixad"da uchrashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar