"Atletiko" Alvares bo'yicha qaror qabul qildi
17 mar 17:59
Yangiliklar
"Atletiko" Alvares bo'yicha qaror qabul qildi
"Atletiko" Madrid rahbariyati argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni "Barselona"ga sotishni rejalashtirmayapti.
Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" hujumchini "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas, biroq agar takliflar 100 million evrodan oshsa, klub ingliz grandlarining takliflarini ko'rib chiqadi. Mish-mishlarga qaraganda, hujumchiga "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirgan.
26 yoshli Alvares ushbu mavsum 42 o'yinda qatnashib, 16 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi bitimi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar